BOSH SAHIFA    EKO OLAM    TABOBAT    HAYVONOT    INSON TABIATI     QIZIQARLI     LUG'AT    MUROJAAT  UCHUN

Qidirish

Qo'shimcha bo'limlar


Yer yuzida sodir bo'layotgan ekologik muammolar haqida tushunchaga ega bo'lish uchun ushbu "Hayoliy sayohat" bilan tanishib chiqing.

 

Tanishib chiqganingizdan so'ng "Qo'shimcha bo'limlar" dan birini tanlab ma`lumotlarolishingiz mumkin.

Yer shari - bizning umumiy kosmik kemamiz

Tasavvur qiling: Siz reaktiv samolyotda uchmoqchisiz va siz samolyot qanotlaridan qismlarni ajratib olayotgan kishini ko'rib qoldingiz. Siz vahima bilan trapdan yugurib tushasiz, u esa sizga "Xavotir olmang, men bundan ham ko'proq qismlarni olganimda ham qanot ajralib tushmagan",- deydi. Siz unga ishonasizmi?

Agar aviakompaniya "xavfsiz xizmat ko'rsatish dasturi"ga ega bo'lmasa, hech bir odam shu aviakompaniyaning samolyotlarida uchmaydi. Agar Yer shari ekosistemalari tez buzilayotgan va ularni avvalgi holigacha yoki zarur darajagacha tiklash va saqlash mumkin bo'lmaganda faqatgina aqli noraso odamgina "Yer kemasi"da uchishga rozi bo'lar edi.

Yer insoniyatni tabiiy resurslar - biz nafas olayotgan havo, biz yashayotgan iqlim, chuchuk suv bilan ta'minlaydi, ozuqa moddalarni qayta tiklaydi, chiqindilarni yo'qotishga va xavfli zararkunandalar va kasallik tarqatuvchilarni nazorat qilishga ko'maklashadi va nihoyat oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga imkon beradi, - bularning barchasi sayyoramizning murakkab biologik sistemasiga insonning kuchli va ko'pincha asoslanmagan ta'siri natijasida juda tez buzilmoqda. Inson shaharlarda yashab, o'zining daromad va yashash manbasi bo'lgan tabiiy sistemalarni tez buzmoqda .

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan ekologik muammolar sayyoramizning turli qismlaridagi insonlar buzilgan ekosistemalar ta'siridan zarar ko'rayotganini bildiradi. Bunga misollar: Panjob shtatidagi suv tanqisligi (Hindiston); Tuvadagi tuproq eroziyasi (Rossiya); Janubiy Karolina qirg'oqlaridagi o'lik baliqlar (AQSh); Gondurasning o'rmonlar kesib tashlangan tog' yonbag'irlaridagi ko'chkilar; Indoneziyadagi o'rmon yong'inlari; Shimoliy Afrikada cho'llanish jarayonlarini kuchayishi; Markaziy Osiyoda Orol dengizining qurishi natijasida cho'llanish jarayonlarining tezlashuvi . Bu ro'yxatning oxiri yo'qdir.

Sayyoramiz ekosistemalarining holatini baholash bo'yicha yaqinda o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra quyidagi xulosaga kelindi:

Agar biz rivojlanishning mavjud usulinidavom ettirsak, biz albatta ekosistemalarning keng ko'lamdagi tabiiy resurslarni - toza syvdan barqaror iqlimgacha, yashil o'tlardan g'alla ekinlarigacha,- qayta tiklash hamda barcha tirik organizmlarning yashash muhitini ta'minlash xususiyatini keskin yomonlashishiga duch kelamiz.

 

Manba :BMT ning"Barqaror kelajak uchun ta`lim dasturi" tomonidan olindi .

Используются технологии uCoz