BOSH SAHIFA    EKO OLAM    TABOBAT    HAYVONOT    INSON TABIATI     QIZIQARLI     LUG'AT    MUROJAAT  UCHUN

Qidirish


MAYMUNLAR SEZGIR EKAN

Afrikadagi hayvonot olami bilan shugСullanuvchi mutaxassislar maymunning turli oСsimliklardagi shifobaxsh xususiyatni toСgСri va aniq bilishi haqidagi xulosaga keldilar. лYashil dorixona╗ tarkibiga kiruvchi oСsimliklardan biri shifobaxsh moddalarga boy boСlib, oshqozon-ichak yoСlla-
riga joylashib olgan parazitlarni yoСqotishda xuddi antibiotiklar singari xususiyatga ega.
Zoologlar Afrika hududida yashovchi maymunlarning aynan shifobaxsh oСsimlikni izlab topishiga ishonishmoqda. Agar dorivor oСtdan alohida xususiyatni payqasa, maymunlar bu haqdagi maТlumotni oСzidan keyingi avlodga albatta yetkazar ekan, deb xabar beradi Janubiy Afrikaning лStar╗ gazetasi.
BALIQ 360 MILLION YOSHDA

Krasnoyarsk oСlkashunoslik muzeyiga keltirilgan eksponat qazib olingan baliq gavdasi ekanligi tomoshabinlarning hayratini oshirmoqda. Uni tabiat shaydosi Gennadiy Tatarchenko suv omboriga ancha uzoq qirgСoqdan topib keltirdi. U muzeyni boyitgani uchun oСzida yoСq xursand.
Baliqlarning bu ajdodi yuqori baholanmoqda. Uning jabrasi, qanot va dumlari yaxshi saqlangan, yoshi taxminan 360 million yilga teng, deb taxmin qilinmoqda. Paleontolog Olga Yakunina baliqlarning yashash shart-sharoitini miridan sirigacha oСrganish taklifini bildirdi. Bu esa muzeydagi eksponat haqidagi taxminlarni oydinlashtiradi.

SUHBAT SHAPALOQDAN YAXSHI

Rostov-Donda ochilgan klub qoshida past bahoga oСqiydigan oСquvchilarning ota-onalari yigСilishadi. Har juma kuni bu yerga oСz farzandining oСqishidan qattiq tashvishga tushadigan ota-onalar toСplanishib, лikki╗dan qanday qutulish boСyicha psixolog bilan suhbat quradilar.
TaТlim markazi mutaxas-
sislari bolani past baho olganligi uchun shapaloq yoki xivich bilan urish umuman vaziyatni oСzgartirmasligini taТkidlashmoqda. Kaltak yegan bola ruhan ezilib, ota-onasi bilan battar oСchakishib qoladi. Vujudga kelgan muammoni bartaraf etishdagi eng yaxshi usul bu suhbat ekanligi ota-onalarga uqtirilmoqda. Janjal chiqqan uydan fayz-baraka qochadi. Ota-onalar bu klubda oСz farzandlarining лuch╗ olgan kunini nishonlashadi. Rosmana лbesh╗ va лtoСrt╗ ham zabt etiladi, qachonki, shapaloq yoki xivich bilan emas, shirin gap bilan bola koСngliga yoСl topilsa.
ENG ULKAN CHIGСANOQ

Yaponiya orollarida baliqchilik qilib kun koСradigan kishilar eng ulkan chigСanoqqa duch kelishdi. Uning uzunligi bir metr, ogСirligi esa 292 kilo.
ChigСanoq mutaxassislarga taqdim etilganida shu narsa maТlum boСldiki, nafaqat Yaponiya orollarida, balki yer yuzida hali bunaqasi uchramagan.

JUFTIGA HAM SHAFQAT YOСQ

Alyaskaning Teylor shahridagi banklardan birida oСz xizmat vazifasini bajarib turgan Bill Miller niqob kiygan oСgСrini qoСlga oldi. Yechintirib qarasa, xotini. Qonun hamma uchun barobar ekanligini xotiniga uqtirdi-da, bank xizmatchisi uni qamash uchun organ xodimlariga topshirdi. Burch va qonun tushunchasiga, qaniydi, hamma joyda shunday qaralsa.

O`zbekiston Respublikasi лQizil kitobi╗ ning zarurligi

Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli o`simliklar) o`simliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud bo`lib, ularning 93% uchun quruqlik va 7% i uchun suv yashash muhiti hisoblanadi.
Turlarning hosil bo`lishi va ularning yo`qolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo`lib, yerda geologik sharoitlarning o`zgarishiga ham bog`liqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzila boshladi, hayvon va o`simliklarning antropogen (inson faoliyati) ta'sirlari natijasida yo`qolib borish jarayoni tezlasha boshladi.
Odam tomonidan yangi yerlarning, orollarning va kontinentlarning o`zlashtirilishi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda.
Turlarning qirilishi qadim zamonlardayoq boshlangan edi. O`n minglab yillar ilgari ovchilar tomonidan mamontlar, qalin junli karkidonlar, gigant bug`ular, g`or arsloni va ayiqlari, o`rta asrlarda Yevropa turi, Steller sigiri qirilib ketdi. Hozirgi biz yashab turgan davrda turlarning yo`qolib ketish jarayoni juda jadallik bilan davom etmoqda. 1600 yildan 1875 yilgacha sut emizuvchilarning 63-turi, qushlarning 74 turi yo`qolib ketdi. Keyingi yillarda har yili 1 dan 10 gacha hayvon va 1 tadan o`simlik turlari yo`qolib ketmoqda. Hozirgi vaqtda umurtqali hayvonlarning 600 ga yaqin turi, juda ko`p o`simliklar turlari butunlay yo`qolib ketish xavfi ostida turibdi.
O`simlik va hayvon turlarining tobora yo`qolib borish xavfi mamlakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini tug`dirmoqda.
1948 yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda лqora ro`yxat╗ni chop etdi, unda batamom yo`qolib ketgan hayvonot turlari ro`yxati keltirilgan.
Jahon лQizil kitobi╗ 1979 yilgacha chop etildi, shuningdek sobiq SSSR da ham лQizil kitob╗ 1979 yilda chop etildi. лQizil kitob╗ xavf xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo`qolib ketayotgan o`simlik va hayvonlarning turlari to`g`risida ma'lumotlar berilgan.
O`zbekiston o`simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo`lib, ulardan hayvon turlari 15000 dan ortiq, o`simliklar, zamburug`lar va suvo`tlari esa 11000 atrofida.
O`zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o`simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko`pgina kamyob, endem va relikt turlar mavjud. Bunday turlarning soni 400 atrofida bo`lib, ular O`zbekiston florasining 10-12% ini tashkil qiladi.
Zarafshon vohasining florasi 2600 tur, Samarqand viloyatining 1700 tur, undan 201 tur dorivor o`simliklardir.
O`zbekiston florasining yo`qolib ketish xavfi ostida turgan 163 tur лQizil kitob╗ning 1984 yilgi nashriga kiritilgan, yangi лQizil kitob╗da esa (1998) kiritilgan o`simlik turlarining soni 301 taga yetdi.
O`zbekiston faunasida umurtqasiz hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar-108, qushlar-432, sudralib yuruvchilar-58, amfibiyalar-2 va balig`lar-77) mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiq.
O`zbekistonning birinchi лQizil kitob╗i 1983 yilda nashr qilingan bo`lib, unga umurtqali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi.
Yangi лQizil kitob╗ (2003) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo`lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 16 turi, balig`larning 17 turi, xalqasimon chuvalchanglarning 3 turi, molluskalarning 14 turi va bo`g`imoyoqlilarning 61 turi kiritildi.
Ta'kidlash lozimki, лQizil kitob╗ga kiritilgan o`simliklar va hayvonlar ro`yxati yildan-yilga aniqrog` bo`lmoqda va biz ularning yangi nashrlariga guvoh bo`lamiz.
O`zbekiston Respublikasi лQizil kitob╗ida o`simlik va hayvonot turi, oilasi, avlodi, turkumi tartibida alfavit bo`yicha ro`yxatga olingan va har bir o`simlik ko`rgazmali tarzda suratlari keltirilgan. Bu o`z navbatida noyob va yo`qolib borayotgan o`simlik va hayvonot turlari to`g`risida keng omma tomonidan aniq tasavvurga ega bo`lishlariga yordam beradi.
лQizil kitob╗ muhofaza choralarini kuchaytirish, qo`riqxona va buyurtma hududlarini kengaytirish, yovvoyi o`simliklar bilan savdo-sotiqni tartibga solishda litsenziyalar tizimini joriy qilish kabi bir talay muhim tadbirlarni kun tartibiga qo`yadi.
Umuman, bu kitob barcha o`simlik va hayvonot muhofaza qilish borasida qonun asoslariga tayangan muhim hujjat hisoblanadi.
Kitobga kiritilgan o`simlik turlari 4 kategoriyaga bqlingan: л0╗ maqomi berilgan o`simlik turlari yo`qolgan yoki yo`qolish arafasida turgan o`simliklardir.
л1╗ maqomidagi o`simliklar turlari esa yo`qolib borayotgan turlardir. Bunga yo`qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus muhofaza qilishni talab etadigan o`simlik turlari kiritilgan.
л2╗ maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma'lum kichik maydonlarda o`ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo`qolib ketishi mumkin bo`lgan va ularning saqlanishini ta'minlash uchun jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar kiradi.
л3╗ maqomidagi o`simlik turlari kamayib borayotgan o`simliklardir. Bu guruhga kiritilgan o`simlik turlari ma'lum vaqt ichida soni va tarqalish maydonlari tabiiy sabablarga yoki anropogen omillari ta'siri ostida qisqarib ketayotgan turlar kiradi.
Mazkur risolaga Samarqand viloyati hududida uchraydigan va O`zbekiston Respublikasi лQizil kitobi╗ga kiritilgan noyob va yo`qolib borayotgan, inson muhofazasiga muhtoj o`simlik va hayvon turlari to`g`risidagi ma'lumotlar matnlari o`zgartirishlarsiz kiritildi.

Tabiat rang-barangligi konvensiyasi 1992 yilda 156 davlat tomonidan Rio-dye Janeyro BMT anjumanida qabul qilingan, 1995 yilda O`zbekiston shu konvensiyani ratifikatsiya qilib, o`zining zimmasiga Respublika biologik xilma-xilligini asrashni oldi.
Respublikaning 10% yer maydoni muhofaza qilinadigan hududlar (milliy bog`, qo`riqxona, buyurtmaxona, ekomarkaz, botanika bog`lari, hayvonot bog`i) bo`lishi lozim, hozirgi kunda esa bu hudud 2% ni tashkil qiladi, xolos.
O`zbekistonning tabiiy sharoitlari rang-barang (har xil tipdagi cho`llar, adirlar, o`rmonlar, madaniy landshaftlar) bo`lganligi tufayli o`simlik va hayvonot olami ham xilma-xildir.
1997 yilning 26 dekabrida O`zbekiston Oliy Majlisi tomonidan лO`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan ratsional foydalanish╗ va лHayvonlar dunyosini muhofaza qilish va undan ratsional foydalanish╗ qonunlari qabul qilindi.
2005 yil Prezidentimiz I.Karimovning taklifi bilan sihat-salomatlik yili deb e'lon qilindi, shunday ekan tabiat ham sihat-salomatlik bo`lishi shart, chunki inson ham tabiatning mahsulidir va usiz yashay olmaydi. Tabiat sog`lom bo`lsa, albatta odamlar ham sog`lom hayot kechiradilar.
Tabiiy xilma-xillikni asrash dastlab uni chuqur bilishdan boshlanadi. Shunday ekan, Samarqand viloyatida uchraydigan va O`zbekiston Respublikasi лQizil kitobi╗ga kiritilgan o`simlik va hayvon turlari to`g`risidagi ma'lumotlar ko`pchilik tabiatni sevuvchi yurtdoshlarimizni albatta qiziqtirishi shubhasiz.

 

Используются технологии uCoz