BOSH SAHIFA    EKO OLAM    TABOBAT    HAYVONOT    INSON TABIATI     QIZIQARLI     LUG'AT    MUROJAAT  UCHUN

Qidirish

B D E G H I J K M N O P Q R S T U V X Y O` CH

Atrof muhit
Individium yoki organizmni o'rab turgan hamda uning shakli va       yashash tarzini belgilovchi fizikaviy, geografik, biologik, ijtimoiy,   madaniy va siyosiy sharoitlar majmui.

Axlat/Maishiy chiqindilar
Odamlar e'tiborsizlik bilan tashlagan yoki axlatxonalardan shamol ta'sirida ko'chadigan chiqindilar. Axlatning ko'p qismi oziq-ovqatlar va boshqa iste'mol mollari o'ralgan idishlarning qoldiqlaridan iborat. Axlat atrof muhit ko'rinishini buzadi va sanitariya muammolarini paydo qiladi. Axlatning ba'zi komponentlari mikroorganizmlar ta'sirida parchalanmaydi yoki juda sekin parchalanadi, shu sababli ular atrof muhitda uzoq saqlanishi mumkin. Axlat hayvonlar uchun qopqon bo'lishi, ularni harakatiga xalal berishi yoki infeksiyalar va jismoniy zararlanishlar oqibatida o'limga olib kelishi mumkin. 

Axlatxona (axlattepa)
Maishiy chiqindilar, axlatlar va boshqa chiqindilarni to'plash va ko'mish uchun ajratilgan yer maydoni. 

Axloq kodeksi
Inson o'z hayotida, jumladan boshqa insonlar va jamiyat bilan o'zaro munosabatda amal qiladigan qoidalar va qadriyatlar to'plami. Axloq kodeksi inson muhitidan tashqaridagi munosabatlarni belgilovchi qoidalar hisobiga kengaytirilishi mumkin.

Aholi jon boshiga YMD
Mamlakat yillik tovarlar va xizmatlarining dollarda ifodalangan qiymati (YMD)ni mamlakat aholisi soniga bo'linganda olingan kattalik. U mamlakat fuqarolarining o'rtacha daromadini ko'rsatadi. Aholi jon boshiga YMDni bilish - mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi va ehtiyojlarini tushunishga birinchi qadamdir. 

Aholi jon boshiga YMDning o'sish tezligi
Aholi jon boshiga YMDning ma'lum vaqt oralig'ida o'zgarishini shu vaqt boshidagi miqdoriga nisbatan foizlarda ifodalanishi.

Aholi sonini oldindan aytish
Tug'ilish, o'lim yoki migratsiya tendensiyalari asosida aholishunoslar (demograflar) kelajakdagi aholi sonini oldindan aytishga harakat qiladilar.

Aholi sonini o'sishi
Mamlakat aholisi sonini o'sishi - tug'ilganlar va o'lganlar, mamlakatga kelganlar yoki ketganlar sonini ifodalaydi. Odatda yillik o'rtacha o'sish sifatida ifodalanadi.

 

Bakteriyalar Faecal coliforms (fekal koliformlar)
Odatda bu bakteriyalar sut emizuvchilar (odamning ham) va qushlar oshqozonida bo'ladi. Ularning suvda borligi - suvning kanalizatsiya oqavalari bilan ifloslanganligini ko'rsatadi. Bu ko'rsatkichdan suv sifati monitoringida foydalaniladi va u bakteriyalarning inson sog'lig'i uchun xavfliligini baholovchi ko'rsatkich sifatida tavsiya qilingan. Fekal koliform bakteriyalar patogen (kasallik chaqiruvchi) bo'lmasada, ularning borligi suvda patogen bakteriyalar va viruslar bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi.

Ballast suvlar
Suzish vaqtida dengiz kemalariga barqarorlik berish uchun qo'shimcha og'irlik sifatida tryumlarga suv olinadi. Bunday ballast odatda kema to'liq yuklanmaganda olinadi va u yana yuk olganda dengizga qaytarib tashlanadi. Agar tashlanayotgan ballast suvlarda dengiz florasi va faunasiga salbiy ta'sir etuvchi ifloslantiruvchi moddalar yoki tirik mikroorganizmlar bo'lsa, ko'pgina muammolar kelib chiqishi mumkin. 

Barqaror rivojlanish
Kelajak avlodlar o'z ehtiyojlarini qondirish imkoniyatini xavf ostiga qo'ymasdan hozirgi avlod ehtiyojlari qondiriladigan rivojlanish. Barqaror rivojlanish resurslardan har qanday foydalanish usulida resurslar zahiralarini va ulardan foydalanishning hozirdagi va kelajakdagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy ta'sirini hisobga olishni talab etadi.

Barqaror qishloq xo'jaligi
Organik o'g'itlardan foydalanish, tuproq unumdor qatlamini saqlash, zararkunandalarga qarshi biologik usullarda kurashishga hamda energiyaning qayta tiklanmaydigan manbalaridan (qazib olinadigan yoqilg'idan) minimal miqdorda foydalanishga asoslangan dehqonchilik va chorvachilikni yuritish usuli. Qishloq xo'jaligining bu usuli tuproqlar sifatini pasaytirmaydi, demak tuproq unumdor va haydaladigan holda saqlanadi. 

Barqaror qishloq xo'jalik yuritish amaliyoti
Barqaror qishloq xo'jaligida qo'llaniladigan dehqonchilik, chorvachilik va bog'dorchilik yuritish usullari.

Benzol
Eng oddiy aromatik uglevodorod, toshko'mir smolasi (qatroni)da topilgan, sanoatda va laboratoriyada erituvchi sifatida keng qo'llaniladi. Stirol polimerlar va lak-bo'yoq mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Oson alangalanuvchi suyuqlik, narkotik va kanserogen xususiyatga ega.

Bilgarsiya
Chig'anoqlarda yashaydigan qurt (gelmint) keltirib chiqaradigan hayot uchun xavfli parazitar kasallik. Odamlar shunday chig'anoq yashaydigan ko'llar va daryolar suvi orqali kasallikni yuqtirishlari mumkin. Ko'proq tropik mintaqalarda uchraydi.

Biom
Yirik ekologik bo'lim, xususan, hayotning muayyan shakllari, ayniqsa o'simliklar bilan tasvirlangan hudud (mintaqa). Misollar - cho'llar, o'tloqlar va o'rmonlarning xilma-xil turlari.

Bioxilma-xillik; Biologik xilma-xillik
Tabiatni Saqlash Xalqaro Ittifoqi ta'rifiga ko'ra bioxilma-xillik - лhayotning barcha shakllari ko'rinishlari va uyushmalarining xilma-xilligidir╗. лBioxilma-xillik╗ yoki лbiologik xilma-xillik╗ termini Yerdagi barcha jonli narsalar - hayvonlar, o'simliklar, mikroorganizmlar, barcha genotiplar va ekosistemalarning xilma-xilligini anglatadi. Bu termin muayyan organizm haqidagi statistik tushuncha emas, balki u biologik dunyoning barcha qismlarining o'zaro bog'liqligini anglatadi. Odatda bioxilma-xillikni uch bosqichda ko'rib chiqiladi: turlar xilma-xilligi - ya'ni barcha o'simliklar va hayvonlarni, shuningdek qo'ziqorinlar va mikroorganizmlarni xilma-xilligi; genetik xilma-xillik - tur chegarasidagi genetik materialning xilma-xilligi; ekosistemalar xilma-xilligi - ekosistemalarning turli-tumanligi (masalan, o'rmon, tog', dasht yoki savanna, cho'l va h.k.). Bu barcha bosqichlar birgalikda bioxilma-xillik komponentlarini shakllantiradi. Bu xilma-xillik ekosistemalarni ishonchli faoliyat ko'rsatishiga ko'maklashadi hamda biologik boylik va moslashishning asosi hisoblanadi.

Birlamchi sog'liqni saqlash
Quyidagilarni qamrab olgan tibbiy xizmat: oilani rejalashtirish, toza suv bilan ta'minlash, sanitariya, immunizatsiya (emlashlar), davlatdan yordam oluvchi jamiyat qatlamlari uchun to'laqonli ovqatlantirish, kasalliklarni oldini olish va davolash.

Bolalar soni koeffitsienti
Ayollar o'z hayotlari davomida ko'rgan farzandlarning o'rtacha soni. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi oilalarda bolalar koeffitsienti uch bilan to'rt o'rtasida; sanoati rivojlangan mamlakatlarda esa u ikkidan kichikdir.

 

Dala mashg'ulotlari
Talabalarning qisqa ma'ruzalar va amaliy mashg'ulotlar o'tkaziladigan dala amaliyotida qatnashishi. Ba'zan talabalar puxta kuzatishlar olib borishga va muhitni tavsiflashga jalb etiladilar hamda olingan ma'lumotlar asosida kuzatilgan hodisalarni tushuntirishda qatnashadilar. 

Dala tadqiqotlari
Dala tadqiqotlari kuzatish, tavsiflash va tushuntirishni o'z ichiga oladi, ammo bunda qo'yilgan muammoni hal qilish yo'llarini topishga e'tibor qaratiladi va ilmiy tatqiqotlar uchun qo'llaniladigan usullardan foydalaniladi. Dala ishlarini o'tkazishga bunday yondashish to'plangan ma'lumotlar asosida xulosalar chiqarishni ham o'z ichiga oladi.

Daryo deltasi (daryoning quyilish joyi)
Daryo deltasi daryoning dengiz yoki okeanga quyilish joyining qirg'og'ini ham qisman qamrab oladi; bu yerda quruqlikdan unumdor loyqa qatlamni va suv oqimini olib kelayotgan daryoning chuchuk suvlari dengizning sho'r suvi bilan aralashadi.

Daromad darajasi yuqori mamlakat (rivojlangan mamlakat)
1995 yilda aholi jon boshiga yillik yalpi milliy mahsulot (YMM) miqdori 9386 dollarga teng yoki undan ko'p bo'lgan mamlakat. Daromad darajasi yuqori mamlakatlarning ko'pchiligi rivojlangan sanoat tarmog'iga ega. Hozirgi vaqtda aholisi 1 milliondan ortiq bo'lgan davlatlarning 26 tasi daromad darajasi yuqori mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu davlatlardagi aholining umumiy soni 0,9 milliard yoki Yer shari aholisining 1/6 qismidan kamroq. Bu davlatlar Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti a'zolari hisoblanadi va odatda лShimol╗ deb ataladi.

Daromad darajasi o'rtacha mamlakat
1995 yilda aholi jon boshiga yillik yalpi milliy mahsulot (YMM) miqdori 765 dollardan 9386 dollargacha bo'lgan mamlakat. Bu mamlakatlarda yashash darajasi daromad darajasi past mamlakatlardagiga nibatan yuqori va odamlar aksariyat tovarlar va xizmatlardan foydalanishlari mumkin, ammo bir vaqtning o'zida ko'pgina odamlar o'zlarining asosiy ehtiyojlarini qondira olmaydilar. Hozirgi vaqtda aholisi 1 milliondan ortiq bo'lgan davlatlarning 67 tasi daromad darajasi o'rtacha mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu davlatlardagi umumiy aholi 1,5 milliarddan ortiqdir. 

Demografiya
Mamlakat, qit'a, Yer aholisi sonini statistik tadqiqoti; aholi soni, zichligi, tarqalishi va o'sish dinamikasi.

Diareya
Oshqozon-ichak yo'lini zararlovchi kasallik. Bu kasallikka yo'liqqanlar - odatda past va o'rtacha daromadli mamlakatlardagi bolalar, organizmning suvsizlanishi natijasida vafot etishi mumkin. Ko'pincha kasallik ifloslangan oziq-ovqat mahsulotlari va faecal coliforms bakteriyalari bilan ifloslangan suvni iste'mol qilish natijasida paydo bo'ladi. 

Din
Shaxsiy va ijtimoiy e'tiqod; ikkita asosiy xususiyatga ega: insoniyatning oxirati to'g'risida xavotirlanish hamda inson imkoniyatlari va Yerdagi kuchlardan tashqari notabiiy juda qudratli kuchlar mavjudligiga ishonish. Hozirgi vaqtda turli murakkab ijtimoiy tuzilmalar, jumladan, diniy tashkilotlar mavjud. Sayyoramizda bir nechta dunyoviy dinlar bor: buddizm, yahudiylik, xristianlik, islom.

 

Ekologik zarar
Tabiiy ekosistemaning o'zgarish jarayoni bo'lib, u sistemaning yomonlashuviga va o'zining dastlabki holatini saqlay olmasligiga olib keladi. Ekologik zarar ko'pincha inson faoliyati natijasida ro'y beradi.

Ekologik iz
Aholini, xususan, shaharlar, viloyatlar va mamlakatlarni hayotini ta'minlash uchun zarur yer maydoni yoki suv yuzasi.

Ekosistema (ekotizim)
Bir-birlari bilan hamda jonsiz muhitni tashkil qiluvchi kimyoviy va fizikaviy omillar (masalan, suv, havo va boshqa elementlar) bilan o'zaro ta'sirlashuvchi o'simliklar va hayvonlar turkumi.

Ekosistemaning sig'imi
Shartli ravishda, muayyan hududda alohida turning kelajakda ular miqdorini kamaymasdan yashay oladigan eng ko'p miqdori sifatida aniqlanadi. U ba'zan insonning doimiy ta'siri ostida bo'lgan atrof muhit uchun xavfsiz maksimal лta'sir╗ (aholi + tabiiy resurslardan foydalanish) sifatida belgilanadi. 

Energiyani tejash (Energiya tejamkorligi)
Bekorga sarflanishini oldini olgan holda energiyadan samarali foydalanish. Energiya ishlab chiqarishning ba'zi turlari atrof muhitga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Elektr energiyasidan samarali foydalanilganda uning sarfi kamayishi mumkin, demak, uni energetika korxonalari tomonidan ishlab chiqarishni ko'paytirishga hojat qolmaydi.

Eroziya
Tuproq va uning unumdorligini yo'qotish jarayoni, u biologik mahsuldorlikni kamayishiga olib keladi. Ko'chkilar ga qarang. 

Eskimoslar (Inut xalqi)
Kanada, Alyaska va Grenlyandiyaning chekka shimolida yashovchi tubjoy xalqlar. Eskimoslar asosan baliq va dengiz hayvonlarini ovlash hamda bug'u - karibuni yetishtirish bilan shug'ullanganlar; kiyim-kechakni hayvonlar terisidan tikkanlar. лEskimos╗ so'zi лxom go'shtni iste'mol qiluvchilar╗ ma'nosini anglatadi. 1975 yilda Kanadadagi Inut xalqi avtonom shtat tuzish talabi bilan chiqdilar va bu shtat 1992 yilda tashkil etildi. Bunda hukumat лNunavut╗ hududi tuzilganini e'lon qildi, bu so'z inutlar tilida лBizning yer╗ ma'nosini anglatadi.

Etika (odob-axloq)
Nima to'g'ri va noto'g'ri o'zini tutish ekanligi haqidagi bizning fikrimiz; axloq haqidagi falsafiy ta'limot.

 

Fuqarolar urushi
Bitta davlat hududida turli siyosiy kuchlar orasidagi ichki to'qnashuv sifatidagi urush. Fuqarolar urushlari ko'p sabablarga ko'ra, xususan, milliy nizolar, resurslar masalasidagi nizolar, mavjud tuzum yoki boshqaruv shaklidan norozilik natijasida paydo bo'lishi mumkin. Har qanday urushga o'xshab, ular xalqqa ulkan yo'qotishlar va kulfatlar olib keladi hamda atrof muhitga zarar yetkazadi.

 

Gigiyena
Tozalik va sog'liqni ta'minlovchi kundalik yumushlar (qo'lni doimo yuvishga o'xshash).

Gipertoniya
Yurakning zo'riqib ishlashi sababli qon bosimining baland bo'lishi. Yurak xurujiga yoki boshqa oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Global isish
Global isish atmosferada uglerod dioksid (CO2) va boshqa issiqxona gazlari miqdorining ortishi natijasida paydo bo'ldi; olimlar aniqlashicha, global isish sayyoramiz uchun yaqin kelajakdagi eng katta xavf bo'lib qolmoqda.

Global iqtisodiyot
Endi shakllanayotgan xalqaro iqtisodiyot; tovarlar va xizmatlarning erkin tashqi savdosi, kapitalning erkin harakati va ichki iqtisodiyotni boshqarishning kuchsizlanishi bilan xarakterlanadi. 

Globallashuv (globalizatsiya)
Nisbatan yangi so'z bo'lib, dunyo miqyosida ro'y berayotgan turli-tuman jarayonlarni tavsiflash uchun qo'llaniladi. U jahon yaxlit bozor bo'lib borayotganini tavsiflaydi. Bu g'oyaga ko'ra, insonlar orasida bir lahzada aloqa o'rnatish imkonini beradigan zamonaviy axborot uzatish texnologiyalarini qo'llanilishi natijasida vaqt va masofa qisqarmoqda; turli madaniyatlar bir-biri bilan aralashib ketmoqda va Shimol madaniyatlari va qadriyatlari Janubliklar tomonidan o'zlashtirib olinmoqda, biroq bir vaqtning o'zida etnik farqlar va tengsizliklar kuchaymoqda. Globallashuv g'oyasiga ko'ra Yer sayyorasi alohida qit'alar yoki materiklar emas, balki yaxlit hisoblanadi va u лumumiy uyimiz╗ deb qaraladi, shunga ko'ra insoniyat ta'sirining ba'zi turlari manbadan uzoqdagi odamlar va muhitga salbiy ta'sir etishi yoki butun sayyora uchun salbiy ta'sirga ega bo'lishi mumkin. Iqtisodiy globallashuv va global iqtisodiyotga qarang.

 

Haydaladigan yerlar
Qishloq xo'jalik ekinlari ekish uchun ishlov beriladigan (haydaladigan) yerlar. 

Havoni ifloslanishi
Inson, hayvonlar, o'simliklar yoki materiallarga zararli ta'sir ko'rsatadigan bir yoki bir necha kimyoviy birikmalarning atmosferadagi miqdorini ancha yuqori bo'lishi. Tabiiy hamda insonning xo'jalik faoliyati natijasida hosil bo'ladigan ko'plab ifloslantiruvchi moddalar mavjud. Tabiiy manbalar o'rmon yong'inlarining tutuni, shamol bilan ko'chuvchi chang, vulqonlar faoliyati natijasida ajralgan zararli moddalar bo'lishi mumkin. Biroq, atmosfera ifloslanishining asosiy manbasi - inson xo'jalik faoliyati vaqtida sanoat korxonalari va transport vositalari atmosferaga chiqaradigan zararli moddalardir. Ko'pgina antropogen ifloslantiruvchi moddalar zaharli bo'lib, tabiiy muhit ifloslanishining global muammolarini sababchisi, shuningdek, aholi sog'lig'i bilan bog'liq mahalliy miqyosdagi muammolarni paydo qiladi. Issiq gazlarni ko'p miqdorda ajratish va shovqin ham havo ifloslanishining shakllari bo'lishi mumkin (issiqlik va shovqindan ifloslanish). Issiqxona gazlari, uglerod dioksid, xlorftoruglevodorodlar ga ham qarang.

 

Ijtimoiy adolat
Jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarga barcha insonlar bir xilda ega bo'lishi haqidagi fikr (da'vo). U jinslar, dinlar, irqlar, millatlar, elatlar tengligi haqidagi g'oyalarni, atrof muhit resurslariga bir xilda ega bo'lishni o'z ichiga oladi.

Ijtimoiy xizmatlar
Mahalliy aholi turmush darajasini yaxshilash va ta'minlash uchun tuzilgan va odatda hukumat (mahalliy byudjet) tomonidan mablag' bilan ta'minlanadigan xizmatlar; masalan, tuman kasalxonalari va poliklinikalari, yo'l xizmatlari, markazlashtirilgan isitish tizimlari, sanitariya xizmati, elektr ta'minoti xizmati, telekommunikatsion tizim.

Insoniy kapital (inson resurslari)
Odamlar va ularning iqtisodiy ishlab chiqarish qobiliyati. Ma'lumotlilik, jismoniy tayyorgarlik va sog'liqni saqlash inson resurslarini ortishiga ko'maklashishi mumkin. Kapital va moddiy kapitalga qarang.

Inson huquqlari
Har bir insonning huquqlari va imtiyozlarini ta'minlash. BMT Inson huquqlari Deklaratsiyasi 1948 yilda qabul qilingan. U insonlar yashash, erkinlik va o'qish huquqiga ega ekanligini; bir joydan ikkinchi joyga borish, din, axborot olish erkinliklariga ega ekanligini; barcha millatlar teng ekanligi va qonun oldida barcha barobar ekanligini e'lon qildi.

Inflyatsiya (pulni qadrsizlanishi)
Narxlarning pul qiymatini pasayishiga olib keluvchi o'sishi. Inflyatsiya quyidagi hollarda yuz berishi mumkin: tovarlarga talab ta'minotdan yuqori bo'lganda (talabning taklifga nisbatan yuqoriligi sababli inflyatsiya), yoki hukumat hech narsa bilan ta'minlanmagan pullarni ko'p miqdorda chiqarganda (pul-kredit inflyatsiyasi). Nazoratsiz inflyatsiya butun pul-kredit tizimiga xavf soladi. Inflyatsiyaga qarshi kurash tadbirlari - narxlarni va maoshlarni boshqarish, hukumat (byudjet) xarajatlarini kamaytirish va mablag'larni qattiq nazorat qilishdan iborat bo'lishi mumkin. Deflyatsiya - inflyatsiyaga qarama-qarshi jarayondir.

Issiqxona effekti
Issiqlik nurlanishi Yer yuzasi yaqinidagi atmosfera(troposfera)da tutib qolinadigan tabiiy jarayon. Yer yuzasidan qaytgan issiqlik nurlanishi suv bug'i, uglerod dioksid, ozon va boshqa gazlar tomonidan atmosferaning pastki qatlamlarida yutiladi va qaytadan Yer yuzasiga qaytadi. Agar bu gazlarning atmosferadagi miqdori ko'paysa va ular boshqa tabiiy jarayonlar tomonidan yutilmasa, atmosfera pastki qatlamlarining harorati sekin-asta ko'tariladi. Bu tabiiy jarayon ta'siri inson faoliyati natijasida kuchaydi va atrof muhitning eng jiddiy muammosiga aylandi. Issiqxona gazlari, global isish, xlorftoruglevodorodlar ga qarang. ***Yer yuzasidan uzun to'lqinli issiqlik nurlanishini qaytishiga qarshilik qiluvchi uglerod dioksid, yengil uglevodorodlar va sun'iy usulda olingan ftorxloruglevodorodlarning atmosferadagi miqdorini sekin-asta ortishi va yig'ilishi natijasida sayyoradagi haroratni ko'tarilishi va iqlimni isishi.

Issiqxona gazlari
Issiqxona effektiga sabab bo'luvchi, atmosferaning quyi qatlami(troposfera)dagi gazlar. Masalan, uglerod dioksid, xlorftoruglevodorodlar, ozon, metan, suv bug'i, azot oksidlari. 

Ichimlik suv
Ichish uchun yaroqli (xavfsiz) suv. Suv sifatiga qarang.

Ish haqining adolatli to'lovi
Bajarilgan ishning haqiqiy qiymatiga to'g'ri keluvchi va tayyor mahsulotning sotuv narxiga proporsional haq to'lash darajasi.

Iqtisodiy globallashuv (iqtisodiyotni globallashuvi)
Mamlakatlar iqtisodiyotini global iqtisodiyot bilan chambarchas bog'lanishi (bir-biriga bog'liqligi) jarayoni.

Iqtisodiy rivojlanish
Resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish yoki tabiiy, ishlab chiqarish va inson kapitalini kamroq sarflab, ko'proq miqdor tovarlar yaratish va xizmatlar ko'rsatish.

 

Jamoat transporti
Ko'pchilik (jamoat) foydalanadigan transport. Masalan, avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metro va poyezdlar.

Jismoniy tarbiya
Rasmiy o'quv dasturining qismi bo'lib, komanda yoki yakka tartibdagi sport mashg'ulotlari, jismoniy tayyorgarlik va jismoniy mashqlarning boshqa turlari orqali o'quvchilar sog'lig'ini mustahkamlash va koordinatsiyani rivojlantirishga yo'naltirilgan.

Joriy baho
Joriy baho o'quv jarayoni bilan bog'liq baholashning uzluksiz shakllariga kiradi. U rasmiy xususiyatga ega emas va talabalar o'z tajribalarining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashida yordam berishga mo'ljallangan. Yakuniy bahoga qarang.

 

Kanserogenlar
Yomon sifatli shish(rak)ni paydo bo'lishiga yoki rivojlanishiga sabab bo'luvchi kimyoviy moddalar, ionlantiruvchi radiatsiya yoki viruslar. 

Kapital
Tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar uchun zarur mablag' yoki vositalar, insoniy kapital va moddiy kapital ga qarang. 

Katalitik konverter
Avtomashina dvigatelining tutun chiqarish tizimiga o'rnatiluvchi qurilma (yoki ba'zi turlari sanoat korxonalarining tutun chiqarish trubalariga o'rnatiladigan qurilmalar), transport vositalarini yoki sanoat korxonalarini ekspluatatsiya qilish vaqtida atmosferaga chiqariladigan zararli ajratmalar miqdorini kamaytirish xususiyatiga ega.

Kontratsepsiya
Xohlanmagan homiladorlikni oldini olish; kontratsepsiya tug'ilishni kamaytirish yoki oilani rejalashtirish bilan ham bog'liq. Hozirgi vaqtda kontratsepsiya vositalari ko'plab rivojlangan mamlakatlarda va yanada ko'proq rivojlanayotgan mamlakatlarda qo'llanilmoqda.

Ko'rsatkich (indikator)
Mamlakat rivojlanishining iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlarini ko'rsatish uchun qo'llaniladigan statistik o'lchov. Ko'rsatkichlar ma'lumotlar yig'ish va baholashning turli usullaridan foydalanuvchi turli tashkilotlar tomonidan yig'ilganligi sababli ular orasida farqlar bo'lishi mumkin.

Ko'chki (o'pirilish)
Tog' yonbag'irliklari yoki daryolar qirg'oqlarini shakllantiruvchi tuproqning katta massalarini siljib ko'chishi tarzidagi eroziyaning keskin shakli. O'pirilishlar odatda daraxtlar kesib tashlangan va shu sababli yomg'irlar kuchli ta'sir qiladigan maydonlarda sodir bo'ladi. Yonbag'irliklarni qoplovchi o'simliklar kam bo'lganda ularning ildizlari tuproqni yetarli mustahkamlamaydi. O'rmonsizlanishga qarang.

 

Ma`daniyat
Insoniyat jamiyatining nobiologik jihatlarini, jumladan, til, san'at, udumlar va hayot tarzini qamrab oluvchi yig'ma termin. лMadaniyat╗ tushunchasi ko'pincha лsivilizatsiya╗ning sinonimi sifatida ishlatiladi. Biroq, u keng ko'lamdagi ma'nolarga ega, shu jumladan, madaniyatni meyorlar va qadriyatlar sifatida tushunish, ko'rsatkich sifatidagi madaniyat, inson faoliyati sifatidagi madaniyat.Madaniyat - voqelikni o'zgartirish, insoniyat tarixi boyliklarini shaxsning ichki boyliklariga aylantirish, insonning ma'naviy kuchlarini aniqlash va rivojlantirishga yo'naltirilgan insoniyatning ijtimoiy-yuksaluvchi ijodiy faoliyatidir. Moddiy (texnika, ishlab chiqarish tajribasi, moddiy boyliklar) va ma'naviy (fan, san'at va adabiyot, falsafa, axloq, ma'rifat va boshqa) madaniyatga ajratiladi.  

Mangra o'rmonlari
Tropiklardagi dengiz sohillari, sho'r suvli botqoqliklar va daryolarni quyilish joylarida qalin va siyrak o'rmonlar hosil qiluvchi sho'rlikka chidamli daraxtlar va butalar. Mangra o'rmonlari barcha tropik qirg'oqlarning yarmidan ko'pini qoplagan va odatda daryolarni quyilish joylaridagi sayozliklarda va daryo cho'kindilari to'plangan yerlarda joylashgan. Ular mavjud ekosistemalardan eng xilma-xilini shakllantiradi hamda baliqlar, umurtqasiz jonzotlar va o'simliklar ko'payishi uchun eng qulay sharoitlarni yaratadi. Mangra o'rmonlari dengiz suvini chuchuklashtirishda ham muhim rol o'ynaydi va qirg'oqlarni barqarorlashtiruvchi asosiy omillardan biridir. Mangra o'rmonlari tropiklarning barcha hududlarida daraxtlarni kesish, yog'och ko'miri olish, qum va slanetslar qazib olish, yerlarni qishloq xo'jaligi uchun melioratsiyalash va qirg'oqbo'yi hududlarni ifloslanishi natijasida butunlay yo'qolish xavfi ostida turibdi. 

Mahalliy xalq bilimlari
Mahalliy xalq bilimlari va tajribasi - jamiyat hayoti yoki madaniyat sohasida yig'ilgan noyob bilimlar to'plamidir. Bu tushunchani ifodalash uchun лmahalliy tajriba╗, лtarixiy tajriba╗, лxalq tajribasi╗, лan'anaviy donolik╗ yoki лan'anaviy bilim╗ kabi terminlar ham qo'llaniladi. Bu tajriba odatda og'zaki adabiyot va madaniy marosimlar orqali avloddan avlodga o'tgan va qishloq xo'jaligini yuritish, ovqat tayyorlash, davolash, ta'lim, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish va boshqa ko'plab sohalarda ishlatilgan hamda dunyoning turli burchaklaridagi jamoalarning barqarorligini saqlashga ko'maklashgan.

Mahalliy xalqlar (tubjoy elatlar)
Mahalliy xalqlar (shuningdek, лtubjoy xalqlar╗, лtubjoy aholi╗, лavvaldan yashaydigan aholi╗) har bir qit'ada va deyarli barcha mamlakatlarda bor. Barcha tubjoy xalqlar yer, suv va yovvoyi tabiat bilan chambarchas bog'liqlikda yashaydi. Ular barqaror hayot tarziga ega, atrofdagi tabiatni asrab, unga ehtiyotkor munosabatda bo'ladilar. Aksariyat tubjoy aholi hozirgi kunda ular huquqlarini tan olmaslik sharoitida, butunlay qirilib ketish xavfi ostida yashamoqda. Tubjoy aholi g'oyaviy tadbirlar bilan ustun madaniyat tarziga jalb etilmoqda.

Mahalliy o'simliklar
Muayyan hududda yoki biomda qadimdan o'sib kelayotgan o'simliklar, lekin ekzotik (masalan, inson tomonidan ko'paytirilgan yoki olib kelingan) o'simliklar emas.

Mahalliy hokimiyat organlari
Tuman, okrug, viloyat yoki shahar hududini kundalik faoliyati uchun mas'ul hukumat organlari. Mahalliy hokimiyat organlari vazifasiga ko'pincha jamoat transporti va jamoat dam olish joylari (bog'lar, parklar, fontanlar, attarktsionlar va h.k.)ni ishlashini ta'minlash hamda tabiatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilishni nazorati kiradi.

Militarizatsiya (qurollanish)
Ko'plab harbiy tuzilmalar(qismlar)ni tashkillashtirish hamda qurollarni takomillashtirish va qo'llash jarayoni. 

Moddiy kapital
Tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish uchun zarur narsalar, ya'ni jihozlar, asboblar, binolar, inshootlar va h.k. Kapital va insoniy kapitalga ham qarang.

Monreal Protokoli
Xlorftoruglevodorod(XFU)larning (freonlarning) ozon qatlamini buzishdagi rolini ko'rib chiquvchi shartnoma; 1987 yilda Kanadada tuzilgan. Protokol dunyoning 30 davlati va Yevropa Kengashi tomonidan imzolangan, biroq xlorftoruglevodorodlar ishlab chiqaradigan ba'zi mamlakatlar, jumladan, Xitoy va Hindiston, to yetarli miqdor kompensatsiya berilmaguncha yoki mavjud korxonalardagi ishlab chiqarishlarni almashtirish uchun yangi texnologiyalar berilmaguncha, bu bitimni imzolashdan bosh tortmoqdalar. Bitim XFU ishlab chiqarishni 1986 yil darajasida saqlab turishga harakat qilgan. Shuningdek, u XFUdan foydalanishni 1999 yilga kelib 1986 yildagiga nisbatan ikki baravar qisqartirishni ko'zda tutgan. Ozon qatlamini yemiruvchi muhim yana ikkita moddalar - uglerod(IV)-xlorid va metilxloroform keyingi yig'ilishlarda Protokolga kiritilgan. Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar, issiqxona gazlari, ozon qatlami, global isishga qarang.

Musson
Okeanlarda suvni isishi sababli haroratlar farqi natijasida tropiklarda paydo bo'ladigan mavsumiy kuchli shamollar; ular Hindiston, Xitoy va Janubiy-Sharqiy Osiyoda eng kuchli bo'ladi. Bu termin arabcha лmavsim╗ so'zidan paydo bo'lgan va odatda shu shamollar bilan birga yuz beradigan kuchli yomg'irlarni ifodalash uchun qo'llaniladi. Mussonlar yozda quruqlik tomonga esgani sababli yomg'ir olib keladi. Yilning boshqa vaqtida qarama-qarshi yo'nalishda quruq shamollar esadi (cho'llar, dashtlarning qurg'oqchil hududlaridan esadigan shamollar).

 

Natural xo'jalik
Natural xo'jalik - o'z a'zolarining ehtiyoji uchungina mahsulot ishlab chiqaradigan xo'jalikdir. Bir nechta oila (jamoa), qabila yoki qishloqni zarur miqdor oziq-ovqat bilan ta'minlovchi qishloq xo'jalikni yuritish usuli. Mahsulotlarning ozroq ortiqchasi bo'lishi mumkin, u keyingi yil uchun saqlanadi yoki bu odamlar o'zlari ishlab chiqarmaydigan narsalarni olishi uchun sotiladi. Biroq, odatda sotish yoki almashtirish uchun ortiqcha mahsulot deyarli bo'lmaydi. Natural xo'jalik dehqonlar, ko'chmanchilar, zohidlar va boshqa guruh odamlarning yashashi asosini tashkil qiladi. 

Neft dog'i
Yer yoki dengiz sathiga tasodifan yoki ataylab neftni (ko'pincha qayta ishlanmagan neftni) yoyilishi. Neft dog'lari atrof muhitga sezilarli zarar keltiradi, ko'p miqdordagi qushlar, baliqlar, dengiz sut emizuvchilari va boshqa jonzotlarga qiron keltiradi va tabiiy muhitda uzoq vaqt saqlanishi mumkin.

Norasmiy iqtisodiyot (лqora bozor╗)
Milliy iqtisodiyotning rasmiy sektoridan tashqari amalga oshiriladigan mahsulotlar va xizmatlar almashinuvi; u haqda aniq ma'lumotlar va hisoblar mavjud emas. Norasmiy iqtisodiyot лqora bozor╗dagi tovarlar va xizmatlarni qamrab oladi. 

Notabiiy qudratli kuchlar
Yerdagi kuchlar ta'siridan kuchli hodisalar yoki holatlar; ko'pincha ilohiylashtirilgan tabiatga ega.

 

Ovqatlanish
Oziq-ovqat. Hayotiy faollikni ta'minlash uchun zarur vitaminlar, mineral moddalar, oqsillar, yog'lar va uglevodlarni olish jarayoni. 

Oziq-ovqat qo'shimchalari
Oziq-ovqat mahsulotlariga qo'shiladigan tabiiy va sintetik kimyoviy moddalar. Oziq-ovqat qo'shimchalari mahsulot to'yimliligini oshirish yoki uning mazasini yaxshilash uchun qo'shilishi mumkin. Ular, shuningdek, mahsulotga rang berish, saqlanish muddatini uzaytirish hamda pishirayotgan vaqtda mahsulot barqarorligini oshirish, masalan, moy boshqa qo'shimchalardan ajralmasligi uchun, ishlatilishi mumkin. 

Oziq-ovqat xavfsizligi
Davlatning o'z fuqarolarining normal jismoniy faolligini ta'minlash uchun yetarli miqdorda sifatli oziq-ovqat yetishtirish yoki import qilish qobiliyati.

Ozon qatlami
Stratosferadagi ozon (O3) qatlami Quyoshdan kelayotgan, inson uchun zararli ultrabinafsha nurlanishni yutib, Yerdagi hayotni himoya qiladi. So'nggi uch o'nyillik mobaynida bu qatlamning, ayniqsa Shimoliy va Janubiy qutblar ustida kamayishi kuzatilmoqda. Bu kamayish havoni ifloslanishi, jumladan, inson xo'jalik faoliyati natijasida hosil bo'ladigan issiqxona gazlarining atmosferaga chiqarilishi bilan bog'liq. Atmosferadagi ozon miqdorini kamayishi natijasida sayyora yuzasiga yetib keladigan ko'p miqdordagi ultrabinafsha nurlar teri raki bilan kasallanishni ko'payishiga, dengizda ba'zi mikroorganizmlar sonini kamayishiga sabab bo'ladi, shuningdek u atrof muhit va qishloq xo'jaligining boshqa muammolari bilan bog'liq. 

Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar
Issiqxona gazlari, uglerod dioksid, xlorftoruglevodorodlar, ozon qatlami, global isish, Monreal Protokoliga qarang. 

OIV/OITS
Odam immunotanqislik virusi (OIV) - asosan tasodifiy jinsiy aloqalar, shuningdek zaharlangan qon yoki qon preparatlari, sterillanmagan shpris orqali va homiladorlik vaqtida onadan bolaga yuqishi mumkin. OIV infeksiyasi natijasi - orttirilgan immunotanqislik sindromi (OITS)dir. Bu kasallikning davosi yo'q. 

Oilani rejalashtirish
Sog'liqni saqlash tizimidagi xizmat turi bo'lib, u oilalarga qachon va nechta farzandli bo'lishni rejalashtirishda yordam beradi. 

Ocharchilik
Yer sharining ba'zi hududlarida keng tarqalgan to'yib ovqat yemaslik; ozuqa mahsulotlari yetishtirish va yetkazishga xalal beruvchi qurg'oqchilik, urushlar, suv toshqini, zilzila yoki boshqa halokatlar tufayli oziq-ovqat mahsulotlarining taqchilligi natijasida paydo bo'ladi. Ocharchilik tabiiy sabablar tufayli ham paydo bo'lsada, biroq u ko'proq tabiatdan ko'ra inson ta'sirida yuzaga keladi. O'tgan yuz yil davomida uni paydo bo'lishiga urushlar ko'proq sababchi bo'ldi. 

Oqava suvlar
Ishlatilgan va kanalizatsiya tarmoqlariga, tozalash inshoatlariga tashlanayotgan va sanoat korxonalaridan chiqayotgan toza bo'lmagan suv. Oqava suvlarni tozalashga qarang. 

Oqava suvlarni tozalash
Ishlatilgan suv tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalarni yo'qotish jarayoni. Oqava suvlarni tozalashning bir necha bosqichi bor. Birlamchi tozalashda oqava suvlardagi yirik qattiq zarrachalar ajratiladi, so'ngra suv tindirgich-rezervuarlarga tushadi, unda mayda zarrachalar idish tubiga cho'kadi. Ikkilamchi tozalashda (keyingi bosqich) suvga biologik aktiv ifloslantiruvchi moddalarni yutuvchi maxsus mikroorganizmlar qo'shiladi yoki oqava suvlar boshqa filtr orqali o'tkaziladi. So'ngra tozalangan suv dezinfeksiyalanadi (zararsizlantiriladi) va tabiatga qaytariladi. Oqava suvlarni tozalashning bosqichlari qanchalik ko'p bo'lsa, bu jarayon shunchalik qimmat bo'ladi.

 

Pedagogika
Uzoq muddatli ta'lim maqsadlarining muayyan to'plamini kafolatlash uchun o'qitish strategiyalarini tanlash va o'quv dasturini tashkillashtirish yo'li.

Pestitsidlar
O'simliklarni yetishtirish uchun zararli hasharotlar yoki boshqa organizmlarni yo'qotish uchun qo'llaniladigan va inson sog'lig'i uchun xavfli kimyoviy moddalar. Ko'pgina pestitsidlar zarurkunandalar bilan bir qatorda insonlar, uy hayvonlari va yovvoyi tabiat uchun ham zaharlidir. Insonlar yaratgan ko'plab kimyoviy moddalarni parchalash uchun ekosistemalar hech qanday tabiiy mexanizmlarga ega emas va shu sababli ular odatda atrof muhitda uzoq vaqt saqlanadi. Butun dunyoda so'nggi 40 yil davomida pestitsidlardan keng foydalanilganligiga qaramasdan qishloq xo'jalik mahsulotlarining hasharotlar ta'sirida nobud bo'lishi ikki martaga ortdi. FAO xabarlariga ko'ra, 1600 dan ortiq hasharotlarda pestitsidlar ta'siriga barqarorlik kuchaygan. Pestitsidlar zararli hasharotlarni yo'qotadi, biroq ular asalarilarga o'xshash foydali hashorotlarni ham nobud qiladi. 

Piyoda turizm
Yovvoyi tabiat hududiga piyoda sayohat qilish ko'rinishidagi dam olishning ommaviy turi; odatda yo'l-yo'lakay dam olishlar, yo'l bo'yidagi turistik uylar yoki palatkalarda tunash bilan o'tkaziladi. Piyoda turizm uchun qulay imkoniyatlar ko'plab turistlarni Nepal va Janubiy Amerikaning ba'zi mamlakatlariga jalb qilmoqda.

 

Qayta tiklanadigan resurslar
Havo, suv va o'rmon qayta tiklanadigan resurslarga misol bo'ladi. Biroq, mahalliy geografik xususiyatlar va qiymati yuqoriligi tufayli dunyoning ba'zi hududlarida, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar yoki yer usti va yer osti suvlari zahiralari cheklangan joylarda suvni to'liq qayta tiklanadigan resurs, deyish mumkin emas. Mineral resurslar va qazib olinadigan yoqilg'i turlari qayta tiklanmaydigan resurslarga misol bo'ladi. 

Qattiq zarrachalar (aerozollar)
Avtomashinalar va sanoat korxonalari ajratmalarida aniqlangan mayda zarrachalar. Bunday juda kichik zarrachalar insonlarning sog'lig'iga va atrof muhit holatiga zararli ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Qochoqlar
Siyosiy yoki iqtisodiy sabablar yoxud urushlar va kamsitishlardan qutilish uchun o'z vatanlarini (yoki yashash joylarini) tark etayotgan odamlar. 1995 yilda butun dunyodagi qochoqlar miqdori 27,4 million kishi deb baholangan edi. Ularning 40 foizga yaqini Afrikadan va 35 foizi Osiyodan edi. O'tgan bir necha o'nyilliklar davomida qochoqlar o'z uylarini atrof muhitga yetkazilgan zarar tufayli ham tark etganlar. Hozirgi vaqtda qishloq xo'jalik yerlarining degradatsiyasi qochoqlar paydo bo'lishining asosiy sabablaridan biridir. Iqlimning global isishi natijasida dengiz sathining ko'tarilishi shu asrning o'rtalarida yanada ko'p qochoqlar paydo bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin.

Qurolsizlanish
Harbiy xizmatchilar yoki qurollar miqdorini kamaytirish jarayoni. Bu termin, shuningdek, qurollar, o'q-dorilar, harbiy obyektlar, vositalar va jihozlarni foydalanishdan chiqarish va harbiylarni xizmatdan bo'shatish jarayonini ham ta'riflaydi.

Qurg'oqchilik
Odatdagidan kamroq yog'inlar yoki bug'lanishni kuchaytiruvchi odatdagidan yuqori harorat natijasida hudud yetarli miqdor suvni ololmaydigan holat; ba'zan bu ikki omil bir vaqtda bo'ladi.

 

Rekreatsiya 
Insonning jismoniy va ruhiy kuchlarini tiklovchi turli dam olish turlari. Rekratsiya turizm va dam olish bilan bog'liq bo'lib, turistlar va dam oluvchilarga xilma-xil xizmat ko'rsatish turlarini ham o'z ichiga oladi.

Resurslar
Iqtisodiy rivojlanish hamda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish uchun davlat ishlatishi mumkin bo'lgan mashinalar, ishchilar, mablag', yer, xomashyo va boshqa resurslar. Resurslar qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan bo'lishi mumkin. Kelajak avlodlarga qoldirish uchun davlat o'z resurslaridan oqilona foydalanishi zarur.

Resirkulyatsiya (qayta ishlatish)
Maishiy, qishloq xo'jaligi va sanoat chiqindilaridagi foydali materiallardan qayta foydalanish. Uning maqsadi atrof muhit ifloslanishini kamaytirish, energiya va qayta tiklanmaydigan resurslarni saqlash. Tabiatni saqlash bilan bog'liq xavotirlanishlar sababli sanoati rivojlangan mamlakatlarda resirkulyatsiya keng qo'llaniladi. Resirkulyatsiya faqatgina atrof muhitni saqlash uchun foydali emas, balki u yangi ish o'rinlarini ham yaratadi.

Rivojlanayotgan mamlakatlar
Past va o'rtacha daromadli mamlakatlar, ko'pincha лJanub╗ deb ataladi. Yuqori daromadli mamlakatlar aholisining ko'p qismiga nisbatan bu mamlakatlar aholisining daromadi oz va natijada xarid qilish qobiliyati va xizmatlardan foydalanish darajasi ham past. Hozirgi vaqtda aholi soni 1 milliondan ortiq bo'lgan 125 ga yaqin rivojlanayotgan mamlakatlar bor; 1995 yilda bu mamlakatlarning umumiy aholisi 4,7 milliarddan ortiqni tashkil qildi.

Rivojlangan mamlakat
Daromad darajasi yuqori mamlakatga qarang.

Rolli o'yinlar
O'quvchilar turli sahna ko'rinishlari va tasavvur qilingan holatlarda ishtirok etadigan o'yinli mashg'ulotlar (masalan, suv havzasini ifloslanishi to'g'risida korxona egalari va mahalliy aholi o'rtasidagi kelishmovchilik). Bu jarayonda turli guruhlarning turlicha nuqtayi nazarlari ko'rib chiqiladi va muammoni hal etishga harakat qilinadi.

 

Savodsizlik
O'qish, yozish yoki eng oddiy matematik amallarni bajara olmaydigan kishi savodsiz hisoblanadi. Savodxonlik, savodxonlik darajasiga qarang.

Savodxonlik
O'qish, yozish va oddiy arifmetik amallarni bajarish qobiliyati. Savodsizlik, savodxonlik darajasiga qarang.

Savodxonlik darajasi
O'qish va yozishni biladigan odamlar foizi. YuNESKO ma'lumotlariga ko'ra dunyodagi katta yoshdagi aholining 25 foizi savodsizdir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda savodlilikning o'rtacha darajasi 50% dan 70% gacha bo'lishi mumkin, rivojlangan mamlakatlarda u deyarli 99% ga teng. O'tgan to'rt o'nyillik mobaynida 15 yosh va undan katta aholini va ayniqsa ayollarni savodliligi hamma joyda oshdi. Shunga qaramasdan, asosan rivojlanayotgan mamlakatlardagi katta yoshli savodsiz aholining uchdan ikki qismini ayollar tashkil qilmoqda. 

Saylovchilar (Fuqarolar harakati)
Siyosiy tashkilotning eng quyi darajasi - fuqarolarning o'zidan iborat ovoz berish tizimi; jamoatchilik siyosiy qarorlariga amal qiluvchi oddiy fuqarolar.

Sanitariya
Tozalikni saqlash; maishiy chiqindilarni va kanalizatsiya oqavalarini yig'ish va yo'qotish orqali yuqumli kasalliklar paydo bo'lishini oldini olish. лSanitariya sharoitlaridan foydalanish imkoniyati╗ rivojlanishning ko'rsatkichi bo'lib, u insonlar, hayvonlar va hasharotlarni iflosliklar bilan aloqasini oldini oluvchi sanitariyaning eng zarur oz miqdoriga ega aholi foizini ko'rsatadi. Bu vositalar oddiy va himoya qilingan chuqurlardan kanalizatsiyali yuviladigan hojatxonalargacha bo'lishi mumkin. Samarali foydalanish uchun barcha vositalar to'g'ri qurilgan va tegishlicha toza holatda tutilishi lozim.

Sanoati rivojlangan mamlakat (industrial davlat)
Mahsulotlarning asosiy qismi avvaldan sanoat tomonidan ishlab chiqarilgan mamlakat. Biroq, bu termin Shimoldagi daromad darajasi yuqori mamlakat (rivojlangan mamlakat)ni ifodalash uchun keng qo'llaniladi. 

Selluloza-qog'oz kombinati (SQK)
Qog'oz va qog'oz buyumlar ishlab chiqarish uchun yog'ochdan selluloza oladigan, yuqori darajada mexanizatsiyalashtirilgan sanoat korxonasi. Bu kimyoviy jarayon juda ko'p energiya va suvni talab qiladi. Mexanik yoki kimyoviy jarayonda ishlab chiqilayotgan qog'ozni xlorli birikmalar ta'sirida oqartirish talab qilinadi. Xlorli birikmalar bilan oqartirish jarayonida eng xavfli zaharlar tutgan ifloslantirishlar hosil bo'ladi. Tabiatni himoya qiluvchi tashkilotlar va iste'molchilar talablari natijasida ba'zi SQK da qog'ozni kislorod ta'sirida oqartirishdan foydalanilmoqda.

Suv ayirgich (suv to'plash havzasi)
Daryo yoki suv havzasiga suv oqib tushadigan muayyan yer maydoni.

Suv sifati
Suvning holati, ayniqsa, uning ichish uchun yaroqliligi bilan bog'liq. Tarkibidagi kimyoviy moddalar va bakteriyalarning miqdoriga ko'ra suv xavfsiz yoki xavfli hisoblanadi. Suv sifati davlat standartlari bilan tartibga solinadi. Insonning maishiy, gigienik va metabolik (moddalar almashinuvi) ehtiyojlari uchun zarur suvning optimal miqdori sutkasiga 20 litrni tashkil qiladi. лToza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyati╗ optimal miqdordagi ichimlik suvi bilan ta'minlanayotgan odamlar sonining aholining umumiy soniga nisbatan foizlarda ifodalanishidir.

Suvni ifloslanishi
Insonlar, hayvonlar, o'simliklar yoki materiallarga zararli ta'sir ko'rsatuvchi bir yoki bir necha kimyoviy moddalarning suvdagi miqdorini yuqori bo'lishi.

 

Tabiiy resurslar
Inson uchun katta qiymatga ega va foydali bo'lgan tabiatda uchraydigan materiallar (tabiiy boyliklar), masalan, suv, havo, yer, o'rmon, hayvonot dunyosi, tuproq va minerallar.

Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 
Tabiiy resurslardan oqilona foydalnish - tabiiy resurslardan ehtiyotkorona foydalanish bo'lib, bunda resurs bazasining mavjud bo'lishi xavf ostiga qo'yilmaydi yoki unga katta zarar yetkazilmaydi. Tabiatning asl (dastlabki) holatini, ya'ni inson aralashguncha bo'lgan holatni ushlab turishni anglatuvchi лtabiatni saqlash╗ terminidan farq qiladi.

Tabiiy resurslarni hisobga olish
Tabiiy resurslar iqtisodiy qiymatini belgilovchi, YMMga o'xshash milliy hisobotni yuritish jarayoni (tabiiy resurslar kadastri). Bunday hisobot usullari haligacha takomillashtirilayotgan bo'lsa-da, u tabiiy resurslarni kamayishi qiymatini va tabiiy muhitga yetkazilayotgan zarar qiymatini aniqlashga harakat qiladi.

Tovarlar va xizmatlar
Mamlakat iqtisodiyoti ishlab chiqargan tovarlar. Tovarlarga misol: oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, transport vositalari, yangi yo'llar. Turli soha vakillari ko'rsatgan xizmatlar. Xizmat ko'rsatuvchilarga misollar: doktorlar, o'qituvchilar, sotuvchilar, turistik agentliklar, quruvchilar, mansabdor shaxslar va boshqalar.

Tropik o'rmon
Yomg'irlar ko'p yog'adigan o'rmonlar. Bunday o'rmonlar sayyoramizdagi hayotning biologik shakllari bilan boy va xilma-xil, ular ko'p miqdordagi o'simliklar va hayvonlar butun joyni egallagan qalin o'rmonlardan iborat.

Tuberkulyez (sil)
Organizmning yuqumli kasalligi. Kasallik qo'zg'atuvchi tayoqchalar (mikroblar) nafas orqali tez tarqaladi, shu sababli infeksiyaning dastlabki manbasi tez tarqalishi mumkin. Organizmning immun (himoya) tizimi kasallikni shu bosqichda yengishi mumkin, bunda uzoq vaqtli immunitet paydo bo'ladi. Kasallik boshqa odamlarga yuqqan bo'lishi, lekin ular bu haqda bilmasliklari mumkin. Ular kasallik tarqatuvchilar bo'lib, yo'tal va aksirish orqali kasallik qo'zg'atuvchi tayoqchalarni tarqatishi mumkin. Tuberkulyez antibiotiklar bilan davolanadi, vaksina (emlash) esa kasallikka immuniteti yo'q kishilarni himoya qiladi. 

Turizm (sayyohlik)
Boshqa mamlakatlar yoki mintaqalardan keluvchilarni jalb qiluvchi sayohatlar va turlarni o'tkazish. Turizm sohasi dunyoda yetakchi mavqega ega bo'lmoqda, dunyodagi har 16 ishlovchidan bittasi shu sohada faoliyat ko'rsatmoqda. Turizmdan olinadigan foydalar tez orada neft savdosidan keladigan foyda miqdoridan ortishi mumkin. 

Turmush sifati
Inson o'zini qulay his qiladigan hayot kechirish (turmush) darajasi. Turmush sifati bizning hayotimizni qulay va yoqimli qiladigan moddiy ne'matlar bilangina aniqlanmaydi. Shuningdek, u atrof muhit holati, boshqa insonlar bilan muloqotdan qoniqish, maqbul ishni ham qamrab oladi. 

Tug'ilish darajasi
Bir yilda 1000 kishi hisobiga tug'ilgan chaqaloqlar soni. 

To'yib ovqat yemaslik va noto'g'ri ovqatlanish
Inson sog'lig'ini va normal jismoniy faolligini ta'minlash uchun zarur oziq-ovqat miqdori va uning kundalik yemishi orasidagi nomutanosiblik tufayli yuzaga kelgan holat. Bu so'z asosan ovqat yetishmasligi sababli лyomon ovqatlanadigan╗ ma'nosini bildiradi, lekin diyetaga haddan ortiq berilish yoki oziq-ovqatlar (oqsillar, yog'lar, uglevodlar) nisbatini noto'g'ri tanlashni ham bildirishi mumkin. Diyetadagi bir yoki bir nechta mineral moddalar, vitaminlar yoki biofaol komponentlarning yetishmasligi (yoki ortiqligi) ovqatni yetarli darajada hazm qila olmaslikka sabab bo'lishi mumkin. Noto'g'ri ovqatlanadigan odamlarning sog'lig'i yomon va ular infeksiyalar va kasalliklarga moyil bo'ladilar. Qashshoqlik - rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi to'yib ovqat yemaslikning asosiy sababidir. 

To'g'onlar
To'g'onlar daryolar va daryo irmoqlari (daryo suvlari) tabiiy oqimini turli maqsadlarda boshqarish uchun quriladi. Bu maqsadlar: kemalar yurishi uchun suv sathini ko'tarish; sug'orish va sanoatni suv bilan ta'minlash uchun suvni to'plash; elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun yuqori bosim manbasini yaratishdir. Shuningdek, ular jiddiy muammolarning sababchisi bo'lishi mumkin: yashash joylarini yo'qotish va mahalliy aholining o'rgangan joylaridan ko'chishi (to'g'onlar qurish vaqtida pasttekislik joylarni suv bosishi); daryoning quyi qismida joylashgan ekosistemalar yaxlitligini buzilishi; baliq ovlash hajmining kamayishi; to'g'onning qimmatli ozuqa elementlar va loyqalarni tutib qolishi - loyqa zarrachalarining daryoning quyi qismiga o'tmasligi u yerdagi tuproq unumdorligini pasayishiga sabab bo'ladi; qirg'oq eroziyasini kuchayishi. 

 

Uglerod dioksid (karbonat angidrid)
Atmosfera havosi tarkibiga kiruvchi gazlar umumiy miqdorining 0,4% ni tashkil qiladi. Uglerod dioksid tirik organizmlarning hayot faoliyatida faol ishtirok etadi: u nafas olish jarayonida ajratiladi, o'simliklardagi fotosintez jarayonida hamda dengiz suvida erishi natijasida atmosferadan yutiladi. Uglerod dioksid eng muhim лissiqxona gazi╗ bo'lib, hozirgi vaqtda uning atmosferadagi miqdori dunyo miqyosida organik yoqilg'ini (ko'mir, neft va neft mahsulotlarini) yoqish hisobiga ortdi, bu esa o'z navbatida лissiqxona effekti╗ni kuchayishiga olib kelmoqda. 

Uysiz
Uysizning ikkita umumiy ta'rifi bor: boshpanasi yo'q va ko'chada uxlashga majbur odam; yoki suvsiz, elektr energiyasiz va sanitariya sharoitlarisiz yomon maishiy sharoitlarda yashovchi odamlar. Boshpanaga ega bo'lish huquqi Inson huquqlari deklaratsiyasida belgilab qo'yilgan. Shunga qaramay, dunyoda 1 milliarddan ortiq odam zarur sharoitlarsiz yashamoqda. Ulardan 100 million odam umuman boshpanaga ega emas. Bu dunyo miqyosidagi muammo bo'lib, u rivojlanayotgan mamlakatlarda juda dolzarbdir.

Umrning uzunligi
Insonning kutilayotgan umr uzunligi (yillar). U insonning hozirgi paytdagi sog'lig'iga asoslanib, bashoratlanadi. Bu ko'rsatkich muayyan mamlakatdagi atrof muhit holatini, aholining sog'lig'ini, sog'liqni saqlashning sifatini va aholining turmush sharoitlarini aks ettiradi.

Unumdorligi past (unumsiz) tuproqlar
Unumdor qatlam(gumus)ning yetishmasligi, qurg'oqchilik yoki eroziyaga uchraganligi sababli qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirish uchun sifati yomon va yaroqsiz tuproqlar. Unumdorligi past yerlar qishloq xo'jalik maqsadlarida foydalanilayotgan bo'lsa, unumdorligini yanada kamayishiga, degradatsiyaga va hatto cho'llanishga uchrashi mumkin. Biroq, Yer sharining ko'p joylarida shunday yerlar va boshqa лmo'rt╗ hududlardan foydalanish kuchaymoqda, chunki ko'payib borayotgan aholi ehtiyojlarini qondirish uchun yoki harbiy harakatlar natijasida mavjud haydaladigan yerlarning mahsuldorligining pasayishi sababli bunday yerlar o'zlashtirilmoqda.

Urbanizatsiya
Mamlakat aholisining shaharlarda yashaydigan qismini ko'payishi, shaharlar va sanoat hududlarining kengayishi. Bu holat odamlarning yashash va ishlash uchun yaxshi sharoitlarini izlab qishloqdan shaharga ko'chib ketishi bilan bog'liq.

 

Vabo
Inson yoki uy hayvonlarining o'tkir yuqumli kasalligi, odatda oshqozon-ichak faoliyatini buzilishi va organizmni suvsizlanishi sifatida boshlanadi.

Vetlandlar/namlangan yerlar
Botqoqlik, balchiqzor, qirg'oqbo'yi turidagi botqoqlashgan yerlar. Ular eng unumdor va mahsuldor yerlar hisoblanadi. Vetlandlar Yer yuzasining 6%ni tashkil qiladi va barcha mamlakatlarda va har qanday iqlimda uchraydi. Ular baliqlar va boshqa jonzotlarni ko'payishi uchun bebaho joy hisoblanadi. Vetlandlar global gidrologik siklda ishtirok etadi, filtrlovchi tizimga o'xshab ifloslangan suvni tozalaydi, o'simliklar o'sishiga ko'maklashadi va suv sifatini yaxshilaydi. Vetlandlar maxsus xalqaro bitim - Ramsar Konvensiyasiga ko'ra muhofaza qilinadigan yagona ekosistemadir.

Vorislikning patriarxal udumi
Yer, boyliklar va boshqa mulklar oilada doimo otadan o'g'ilga yoki nabiraga beriladigan udum.

 

Xavfli kimyoviy moddalar
Alangalanuvchanligi yoki portlovchanligi sababli zararli ta'sir ko'rsatuvchi yoki terini, o'pkani shikastlantiruvchi (konsentrlangan kislotalar yoki ishqorlar kabi) yoxud organizm himoya tizimini allergik reaksiyalariga sabab bo'luvchi kimyoviy moddalar. Xavfli chiqindilarga qarang. 

Xavfli chiqindilar/Zaharli chiqindilar 
Inson sog'lig'i yoki atrof muhitga zarar yetkazuvchi har qanday chiqindilar. Eng xavfli chiqindilar hosil qiladigan moddalar: o'yuvchi smolalar, mishyak, qo'rg'oshin va simob birikmalari, organik erituvchilar, pestitsidlar va radioaktiv materiallar. Xavfli chiqindilarni zararsizlantirish va utilizatsiyalashning bir necha usullari ishlab chiqilgan, ular xavfsizlik darajasi va zarur xarajatlarga ko'ra farqlanadi. Bu usullar - chiqindilarni ko'mish, yoqish va biologik organizmlar bilan zararsizlantirishdir. Eng ko'p qo'llaniladigan usul - chiqindilarni yerga yoki dengizga ko'mish bo'lib, kamxarjligi sababli rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xarakterlidir. Xavfli chiqindilar uzoq vaqt davomida xavf tug'dirishi mumkin. Ko'milgan chiqindilar tarkibidagi turg'un kimyoviy birikmalar yer usti va yer osti suvlarini hamda tuproqni ifloslantirishi, shuningdek, tarkibidagi zaharli moddalar tufayli butun tirik organizmlarga xavf solishi mumkin. Agar chiqindilarni yetarli darajada qayta ishlansa, ularni zararsizlantirish mumkin. Biroq, eng maqbul yechim ularni hosil bo'lishini kamaytirishdir. Xavfli kimyoviy moddalarga qarang. 

Xat orqali do'stlar
Xat orqali paydo bo'lgan va davom etayotgan do'stlik. Dunyodagi ko'plab odamlar bu mashg'ulotni o'z sevgan mashg'ulotlariga (xobbiga) aylantirishgan va masofalarning uzoqligi va pochta xizmati muammolariga qaramasdan boshqa odamlar bilan do'stlashish imkoniga egalar. 

Xatarlarni boshqarish 
Xatarlarni boshqarish - kundalik turmushimiz bilan bog'liq xatarlarni aniqlash, baholash va oldini olishdir. Masalan, ko'pincha ochiq havoda mashg'ulotlar o'tkazayotganda kutilmagan hodisalar sodir bo'lishi xavfi bo'ladi. Demak, xatarlarni boshqarish sinf xonasidan tashqarida mashg'ulot o'tkazishni rejalashtirayotganda va tayyorlayotganda o'quvchilar xavfsizligini ta'minlashning muhim shartidir. 

Xlorftoruglevodorodlar (XFU)Vorislikning patriarxal udumi
Uglerod, xlor va ftor atomlaridan tashkil topgan organik birikmalar. Xlorftoruglevodorodlar muzlatgichlar va havoni sovutgichlarda sovutuvchi modda sifatida hamda ba'zi bir polimerlarni olishda ishlatiladi. Ular ozon teshigi paydo bo'lishining potensial manbasi hisoblanadi va hozirgi vaqtda ulardan foydalanish kamayib bormoqda. Ozon qatlamini buzuvchi moddalar, Monreal Protokoli, ozon qatlami, global isish ga ham qarang. 

Xolizm - hayot va jonsiz muhitning yaxlitligi falsafasi 
Yaxlit butun uni tashkil qiluvchi qismlar yig'indisidan kattaroq ekanligi haqidagi g'oya. Bu terminning atrof muhitga qo'llash - qaror qabul qilinayotganda barcha omillar: biofizik, ijtimoiy, siyosiy, geologik, ma'naviy va h.k. ni hisobga olishni bildiradi. 

Xomashyo (xomashyo mahsulotlari)
Foydalaniladigan yoki sotiladigan tabiiy tovarlar, masalan, temir rudasi, olmoslar, bug'doy, mis, neft, kofe va h.k. Ular iste'mol mollari deb ham ataladi. 

 

Yakuniy baho
Baholashning bu turi o'quv jarayonini oxirida o'quvchi erishgan darajani bilish uchun o'tkaziladi. U ko'pincha keyingi o'qish yoki ish uchun yaroqlilik haqida qaror qabul qilish uchun ishlatiladi. Joriy bahoga qarang.  

Yashash joylarini yo'qotish
Tabiiy ekosistemaning o'zgarishi jarayoni bo'lib, uning natijasida ekosistema degradatsiyaga uchraydi va u o'zining dastlabki holatini saqlay olmaydi. Hayvonlarning yashash va o'simliklarning o'sish joylarini yo'qotish ko'pincha inson faoliyati bilan bog'liqdir.  

YMD (Yalpi milliy daromad)
Mamlakatning tovarlar va xizmatlar bo'yicha yillik mahsuloti. YMD miqdori mamalakatda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish uchun sarflangan xarajatlarni qo'shib yoki mamlakat barcha fuqarolarining daromadlarini (chet elda olinganlarini ham) qo'shib aniqlanadi. U yil davomida iste'mol uchun tayyorlangan barcha tovarlar va xizmatlarning to'liq bozor qiymati. Odatda xalqaro miqyosda solishtirish uchun AQSh dollarlarida hisoblanadi.  

Yer osti suvlari
Tuproqqa singadigan va sekin-asta yerning suv saqlaydigan qatlamlariga o'tadigan suv. Yer osti suvlaridan Yer sharining turli qismlarida foydalaniladi, lekin uning dunyo miqyosidagi zahiralari tugamoqda va kuchli ifloslangan. Yer osti suvlarining miqdori va sifatini o'zgarishi ular zahiralaridan haddan ortiq foydalanish, o'rmonsizlanish, pestitsidlarni ko'p ishlatilishi, ifloslantiruvchi moddalarni tog' jinslaridan yuvilish jarayonlari bilan bog'liq.  

Yerlar degradatsiyasi (buzilishi)
Yerlar sifatini yomonlashuvini ifodalovchi termin; u bir qator sabablar, jumladan eroziya, sho'rlanish, og'ir metallar va boshqa kimyoviy moddalar bilan ifloslanish, cho'llanish natijasida ro'y berishi mumkin.  

Yomg'ir suvi oqimini drenajlash tizimi 
Yo'l bo'yidagi kanallar, chuqurlar va ariqlardan iborat shahar infratuzilmasi; u yer osti kanallari tizimi bilan birlashtirilgan va ko'chalar, parklar, ko'lmaklar va uylar tomlaridan atmosfera yog'inlari (yomg'ir, erigan qor suvlari)ni yig'adi va yaqindagi suv havzasiga yo'naltiradi. Bu suv odatda tozalanmaydi, shu sababli odamlar o'z uylarini ta'mirlashda bo'yoqlar va boshqa kimyoviy moddalardan ehtiyot bo'lib foydalanishlari zarur, chunki bu moddalar yomg'ir suvini drenajlash tizimiga tushishi, va oqibatda yaqindagi suv havzasini (daryoni) ifloslantirishi mumkin. Suv sifatiga qarang.  

Yog'och yoqilg'i
Ovqat tayyorlash va suv isitish uchun ishlatiladigan o'tin. Aksariyat kambag'al qishloq jamoalarida yashovchi ko'p odamlar energiyaning boshqa manbalariga etisha olmaganliklari sababli o'rmondan asosiy energiya manbai sifatida foydalaniladilar. O'rmon resurslari zahiralarini kamayishi aholi sonining ko'payishi, sotish uchun yog'och tayyorlash tufayli o'rmon maydonlarining kamayishi hamda dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanish uchun daraxtlarni kesib yer ochish sababli yuz bermoqda. Yog'och yoqilg'isidan keng foydalanish aholi sog'lig'i uchun ham xavf tug'diradi, chunki yog'ochni yoqish va o'rmon yong'inlari tutuni turli nafas yo'llari kasalliklariga sabab bo'ladi.  

 

O'lim darajasi
Bir yilda 1000 kishi hisobiga o'limlar soni.   

O'rmonsizlanish
O'rmonni qayta tiklash tadbirlarini yo'qligi sharoitida o'rmon maydonlaridagi daraxtlarni yo'qotish (kesish). Daraxtlarning ildiz sistemasi tuproqni mustahkamlaganligi sababli o'rmonsizlanish tuproq eroziyasiga sabab bo'lishi mumkin. Shuningdek, daraxtlarni yo'qotish global isishni kuchaytiradi, chunki daraxtlar atmosferadagi лissiqxona gazlari╗ miqdorini kamaytiradi.   

O'sish tezligi
Vaqt davomida biror ko'rsatkichning o'zgarishini boshlang'ich qiymatiga nisbatan foizlarda ifodalangan miqdori. O'sish tezligi bir necha xil ma'lumot berishi mumkin:

. o'zgarish bor-yo'qligi;

. o'zgarish qaysi yo'nalishda bormoqda (ortish yoki kamayish);

. bu o'zgarish qanday qilib bormoqda?   

O'tish
Bu termin tug'ilish va o'lim darajasi past bo'lgan mamlakatlarda yuz berayotgan demografik o'zgarishlarga nisbatan qo'llanilmoqda. Bunday o'tishga ko'pgina omillar ko'maklashadi, jumladan: tibbiy xizmatni yaxshilash, erkin ta'lim imkoniyati, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarni yaxshilash. Osiyodagi rivojlanayotgan davlatlarning bir nechtasi o'tishning so'nggi pog'onalarida turibdi, shu vaqtda ko'pgina Afrika davlatlari o'tishning dastlabki bosqichlarida turibdi. Tug'ilish darajasi rivojlangan davlatlardagidek barqaror darajaga erishganda demografik o'tish yakunlanadi.   

O'quv dasturi
Muayyan (tasdiqlangan) ta'lim kursi - fan yoki kursni o'rganish uchun zarur bilimlar mazmuni va hajmi. Rasmiy ta'limda o'quv dasturi rasmiy tashkilot, masalan, Ta'lim Vazirligi yoki Boshqarmasi tomonidan belgilanadi. O'quv rejasiga qarang.   

O'quv rejasi
Muayyan fan yoki bilimlar sohasiga o'qitishda foydalaniladigan asosiy maqsadlar, mazmunlar, o'quv amaliyoti, resurslar va baholash strategiyasini qisqa shakldagi ifodasi. O'quv dasturiga qarang.   

 

Chaqaloqlar o'limi darajasi
Yil davomida tug'ilgan 1000 chaqaloqqa nisbatan bir yoshga yetmay nobud bo'lgan chaqaloqlar soni. Sog'liqni saqlash yuqori sifatli va hammabop bo'lgan mamlakatlarda chaqaloqlarning tug'ruq vaqtida nobud bo'lishi kam kuzatiladi.   

Chipko Harakati
Hindistondagi o'rmonlarni nazoratsiz kesilishiga qarshi turuvchi fuqarolar harakati. U 1974 yili Hindistonning Uttar Pradesh shtatida Himolay tog'lari etaklarida yashovchi qishloq aholisi (asosan ayollar) orasida vujudga keldi. Hind tilida лchipko╗ so'zi лquchoqlab olish╗ ma'nosini anglatadi. Daraxtlarni kesilishdan saqlash uchun quchoqlab olgan ayollar sharafiga bu harakat shunday deb nomlangan. O'tgan vaqt mobaynida Chipko Harakati mashhur bo'ldi va u tabiatni muhofaza qilishda faol harakat bo'lib qoldi.   

Chiqindilarni yo'qotishni boshqarish 
Sanoat yoki maishiy chiqindilarni qayoqqa va qanday yo'qotishni ta'riflash uchun ishlatiladigan keng ma'noli ibora.   

Cho'llanish
Iqlim o'zgarishi yoki yerdan noto'g'ri foydalanish natijasida cho'lni bostirib kelish jarayoni. Tabiiy o'tloqlar, lalmi dehqonchilik yoki sug'orish zonalarini qishloq xo'jalik unumdorligini 10 % yoki undan ko'proq pasayishi bilan cho'llarga aylanishi. Odatda, chorva mollarini ortiqcha o'tlatish va toptashi, tuproq eroziyasi, davomli qurg'oqchilik va iqlim o'zgarishi natijasida paydo bo'ladi.

 

Manba: "BMTningBarqaror kelajak uchun ta`lim dastiuri"tomonidan olindi .

 


Используются технологии uCoz