![]() |
|
BOSH SAHIFA EKO OLAM TABOBAT HAYVONOT INSON TABIATI QIZIQARLI LUG'AT MUROJAAT UCHUN | |
![]() |
|
|
|
Ushbu bo'limda berilgan ma`lumotlar "umumiy ma`lumotlar"dir . Jahon miqiyoidagi ekologiya haqida ma`lumot olishni istasangiz pastadagi ko'rsatilgan manzillarning birini tanlang.
Toshkent shahri Har qanday
megapolisga o'xshab, Toshkent shahridagi asosiy muammolardan biri -
chiqindilar muammosidir. Toshkent shahrida yiliga 700 ming tonna
atrofida maishiy chiqindilar hosil bo'ladi . 1998-2001
yillarda Toshkent shahrida yiliga 7 ming tonna atrofida sanoat
chiqindilari hosil bo'lgan. 2002 yildan boshlab sanoat chiqindilari
miqdori keskin ortdi. Bu bir tomondan, korxonalarning iqtisodiy
faolligini ortishi bilan, ikkinchi tomondan esa, sanoat chiqindilarini
hosil bo'lishi, to'planishi, saqlash va utilizatsiyalashni hisobga
olishning yaxshilanishi bilan bog'liq. 20-asrning
oxirlariga kelib, Toshkentda qattiq maishiy chiqindilarni yig'ish va
tashib ketish bilan bog'liq juda og'ir vaziyat yuzaga keldi. Avvaldan
mavjud tartibga ko'ra, bu vazifani o'rta va kichik (1,5-3 tonnali) yuk
mashinalari bilan amalga oshirilar, bu esa juda samarasiz edi. Kommunal
tizim xodimlarining sa'yi-harakatlariga qaramasdan, qattiq maishiy
chiqindilarni yig'ish va tashib ketish muammosi dolzarbligicha qolaverdi.
Bu muammo chiqindilarni yig'ish va tashish uchun zarur maxsus
mashinalarni yetishmasligiga ham bog'liq edi. Mashinalarning eskiligi va
butlovchi qismlarni yetishmasligi sababli hosil bo'layotgan maishiy
chiqindilar o'z vaqtida olib ketilmas edi. Shuningdek, chiqindilarni
tarkibiga ko'ra ajratib yig'ish va qayta ishlash ham tashkil etilmagan
edi. Shaharda hosil bo'lgan chiqindilar Ohangaron, Hasanboy va Zangiota
yo'lidagi axlatxonalarga tashlanar edi. Hasanboy va Zangiota yo'lidagi
axlatxonalar turar joylarga yaqinligi sababli aholining noroziligiga
sabab bo'layotgan edi. Bugungi kunda mustaqil o'zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo'lib,
kelajakda dunyoga yuz tutgan mashina sozlik, energetika, kimyo, oziq -
ovqat sanoati, transport majmuini yanada rivojlantirish ko'zda tutulgan.
Bunday ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi Respublikada ijtimoiy
- ekotizmlarning holatiga muayan darajada salbiy ta`sir ko'rsatadi. Manba :BMT ning"Barqaror kelajak uchun ta`lim dasturi" tomonidan olindi . |
|
![]() |