BOSH SAHIFA    EKO OLAM    TABOBAT    HAYVONOT    INSON TABIATI     QIZIQARLI     LUG'AT    MUROJAAT  UCHUN

Qidirish

Qon haqida

Sog'lig'ingiz joyidami

 

Vitaminlar

nson hayotida vitaminlar organizm uchun muhim rol oynaydi. Qaysidir vitaminlarni yetishmasligi oqibatida organizmda kasallikka moyillik uygonadi. Ayollar uchun esa qaysi vitamin nima uchun kerakligini bilish nihoyatda zarur. Vitaminlar va kosmetologiya ozaro uzviy bogliq. Organizmingizdagi ozgarishlarga qarab qanday vitaminlar yetishmayotganligini bilib olasiz. Shunga qarab oz taomnomangizni tuzishingiz mumkin.

Vitamin A: Bu vitamin teri, sochlar va tirnoqlar uchun juda kerakli. A vitamini yetishmasa teringiz dagallashadi, teri tez quruqshab, kochadi. Sochlaringiz quruqshab, tez sinadigan bolib qoladi. Bu vitamin baliq yogi, buyrak, jigar, sabzi, orik va qarolida kop boladi.

Vitamin B1: Bu vitamin uglevodlar almashinuvini motadillashtiradi, asab tizimi, hujayralar va oshqozon-ichak trakti faoliyati uchun zarur. Aqliy va jismoniy faoliyat bilan kop shugullanuvchilar bu vitaminni koproq istemol qilishi kerak. Soch kop tokilishi va oqarishi shu vitamin yetishmasligidan dalolat beradi. Bu vitamin sut, mol goshti, chochqa goshti, noxat, kartoshka, yurak, jigar va buyrakda kop boladi.

Vitamin B2: Bu vitamin yetishmasa, yuzingizda husnbuzar paydo boladi. Lab va ogiz atrofi tez-tez yoriladigan bolib qoladi. Bu vitamin xamirturush, tuxum sarigi, sut, jigar, buyrak, baliq, gosht va tovuq goshtida kop boladi.

Vitamin B3: Pigmentatsiya uchun javobgar. U yetishmasa soch oqaradi. U barcha turdagi osimlik va goshtlarda boladi.

Vitamin B6: Asab tizimi va oqsillar almashinuvi uchun zarur. Bu vitamin jigar, sut, kartoshka, sabzi, tuxum, sariyog, guruch, bugdoy va karamda kop boladi.

Vitamin B9: Hamma ichki organlar, teri va soch tokilmasligi uchun zarur. Bu vitamin lavlagi, tarvuz, qovun, tvorog, olma, sabzi, karam, tuxum va piyozda kop boladi.

Vitamin E: Teri kasalliklari kelib chiqmasligi uchun zurur. Bu vitamin sut , tuxum sarigi va sabzavotlarda kop boladi.

Vitamin C: Organizmni kasallikka qarshi kurashish qobiliyatini kotaradi. Qon tomiri tizimi va terida dog paydo bolmasligi uchun zarur. Bu vitamin barcha tsitrus mevalarda, qulupnoy, malina, karam, petrushka, ukrop, qizil qalampir va baqlajonda kop boladi.

Qon haqida

Yuqorida berilganlarga qarab oz organizmingizda qanday vitamin yetishmayotganligini bilishingiz mumkin. Yuqoridagilarga qarab kerakli mahsulotlardan foydalanishingiz mumkin. Umid qilamizki, bu malumotlar sizga oz jozibadorligingizni saqlab qolish uchun yordam beradi

Tanimiz otashi, jonimizdir qon,
Nechun uning joyi misoli zindon?
Nechun tokiladi u juda oson,
Nechun arzon boldi bu arzanda jon.
Abu Ali ibn Sino

 

Inson tanasida kechayu-kunduz oqib turuvchi qon chindan ham jon kabi aziz ne'matdir. Qadimdan uning oziga xos sirli xususiyatlarini kishilar turlicha talqin qilganlar, jumladan, tiriklik belgisi deb, hayvon soyib, qon chiqarish, qurbonlik qilish yoli bilan esa har xil falokatlarning oldini olish mumkin, deb oylashgan.
Urushda yoki ovda yaralanish tufayli kop qon yoqotish natijasida olimning yuzaga kelishi esa kishilar ongida hayotiy kuch va jon manbai, degan tasavvurning paydo bolishiga olib kelgan. Otmishda tabiblar qon insonning hayotiy qobiliyatini oshiradi, degan maqsadda keksalarda va ruhiy kasalliklarni davolashda yndan foydalanishgan. Avstraliyaning ba'zi qabilalari orasida esa bemorni qon ichirib davolash usuli keng tarqalgan ekan. Orta asrlarda yashagan venger grafinyasi Batoriya oltin vannani yosh, navqiron yigit-qizlarning qoni bilan toldirib chomilishdek shafqatsiz usul orqali oz kuch-quvvatini tiklashga intilgan. Marshal Jyul de Leval abadiy yoshlik eleksirini tayyorlash uchun bola va ayollardan bir qanchasini oldirganida, bu garazli niyati aholi ortasida qahru gazabga uchrab, qatl qilingandi.
Qonning inson salomatligidagi ornini Ibn Sino juda yaxshi bilganligini yuqoridagi misradan anglash qiyin emas. Garb esa ilk bor 1628 yili ingliz olimi Vilyam Garvey bunday tadqiqotga qol urdi. U qon aylanish sistemasining kashf etilishi, ya'ni, qonning yurakdan chiqib, arteriya qon tomirlari boylab harakat qilishi, songra vena qon tomirlariga otishini isbotlagandan song uning oziga xos sirlarini boshqacha jihatdan keng organish davri boshlandi.
Qon - alohida suyuq toqima bolib, bu toqima tomirlarda doimiy harakatlanadi. Qonning suyuq qismi plazma (55 foiz) va hujayrali qismi qon tanachalari (45 foiz)dan iborat. Qon plazmasining 90 foizi suvdir. U vitaminlar, fermentlar, tuzlar va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlaridan tashkil topadi. Qonning shakliy elementlari tibbiyotda eritrotsit, leykotsit va trombotsit deb ataladi.
Hayotbaxsh suyuqlik kishi organizmida xilma-xil vazifalarni bajaradi. U hujayralarga kislorod yetkazib beradi va karbonat angidrid gazini olib ketadi, nafas, suv-tuz almashinuvi, kislota-ishqor muvozanatida ishtirok etadi. Qon organizmni zararli moddalar va yot jismlardan himoya qiladi, insonning tana haroratini doimo bir me'yorda saqlashda u muhim ahamiyatga ega.
Har birimiz tana vaznining on uchdan bir qismiga togri keladigan miqdordagi qonga egamiz. Erkaklarda ortacha 5,5 litr, ayollarda esa 4,5 litr qon bor. Qonning rangi undagi oksigemoglobin miqdoriga bogliq bolib, arterial qon och qizil, venoz qon esa toq qizil rangdadir.
Eritrotsitlarni oddiy tilda qizil tanachalar, deb atashadi, sababi ular qonga qizil rang berib turadi. Chaqaloqlarda eritrotsitlar miqdori koproq, kattalarda kamroq. Ayollarda eritrotsitlar soni hayz korish sababli ozgarib turadi. Kop suv ichish qondagi eritrotsitlarni kamroq suyultiradi, haddan tashqari kop terlash, shuningdek, suvsirash qonning quyuqlashishiga va 1 mm. kub qondagi eritrotsitlar sonining ortishiga olib keladi.
Gemoglobin normadagi eritrotsitlar tarkibining 95 foizga yaqinini egallaydi. Uning miqdori kasbga aloqador sharoitlar, ovqatlanish, metereologik omillarga qarab ozgarib turadi. Masalan, togliklarda gemoglobin miqdori tekislikda yashovchi aholiga qaraganda yuqoriroq yuradi. Soglom kishining 1 mm. kub qonida 4,5 - 5,5 mln. ta eritrotsit oqadi. Ular 120 kunga qadar yashaydi.
Buyuk gematolog akademik I.A.Kassirskiy eritrotsitlar togrisida: Tanadagi doimiy xizmatda yurgan eritrotsitlar 25 trillionni tashkil qiladi. Har kuni nobud bolganlari orniga qon hosil qiluvchi toqima tomonidan yangi 300 milliard eritrotsit yetishtirib beriladi. Kishi tanasidagi eritrotsitlardan yasalgan ustun esa 62 000 kilometrga yetadi, - deya ta'rif beradi.
Leykotsitlar esa yadroli hujayralardir. Ularning oq qon tanachalari deb atalishiga sabab, rangsiz bolib korinadi. Oq qon tanachalarining 1 mm. kub qonda 4 - 9 ming taga tengligi me'yoriy hol hisoblanadi.
Leykotsitlar soni fiziologik sharoitda ozgarib turishi mumkin. Masalan, ovqat yeyilgandan keyin yoki jismoniy ish bajarilganda, ular soni ancha ortadi. Leykotsitlar - inson tanasining oziga xos mitti posbonlari bolib, faol harakat qilishi, qon tomirlaridan toqimalarga otish qobiliyatiga egaligi tufayli organizmdagi turli mikrob va yot moddalarni yutib, hazm qilib turadi. Tibbiyot amaliyotida har bir kishining qon guruhi aniqlanadi. Irqi, jinsi, millati, yashash hududi va yoshidan qat'i nazar, har bir kishining qon guruhi uning individual biologik xususiyati hisoblanadi, bu xususiyat ona qornidagi rivojlanish davridayoq shakllana boshlaydi va butun hayoti davomida ozgarmaydi.
Olimlar kasalliklarning kelib chiqishi qon guruhlari bilan bogliqligini ham organishgan. Ular birinchi guruhga mansub kishilarda koproq oshqozon-ichak, bronxial astma, ikkinchi, uchinchi, tortinchi guruhli kishilarda esa koproq qandli diabet, yurak-qon tomiri va osma kasalliklari uchrashini aniqlashgan. Yapon olimlari hattoki qon guruhiga qarab kishilar fe'l-atvorini bilish mumkinligini aytadilar. Bunga kora, hayotda qat'iy va sadoqatli kishilar birinchi guruhga mansubdirlar. Iztirobga koproq beriluvchilar esa ikkinchi guruhga kirishar ekan. Keyingilar esa ijodkor, izlanuvchan, orzumandligi bilan ajralib turuvchi kishilardir.
Inson hayotida qon tizimi kasalliklariga chalinish ehtimoli ham uchrab turadi. Buning sabablari turli-tuman bolishi mumkin. Chunonchi, anemiya, ya'ni kamqonlik holatida qizil qon tanachalari yoki ulardagi gemoglobin miqdorining kamayishi tushuniladi. Kamqonlikning kelib chiqishiga otkir va surunkali qon yoqotishlar, temir va vitaminlar yetishmovchiligi, oshqozon-ichak tizimi, buyrak, nurlanish, osma kasalliklari sabab bolishi mumkin. Barcha turdagi kamqonlikning umumiy alomatlari teri rangining oqarib ketishi, darmonsizlik, tez charchash, bosh ogrigi, bosh aylanishi, koz oldining qorongilashuvi, hansirash, yurakning tez urib ketishida kuzatiladi.
Hatto bu haqda buyuk hakim Abu Ali ibn Sinoning shunday satrlari bor:
Golib kelar xiltlar aro chun qon agar,
Uyqu hamda bosh ogrigi haddan oshar.
Tomir yogon, qizgish bolur aksar vaqti,
Chetga chiqur bilsang tafakkur quvvati.
Ogir sezur bosh ozini, sevgi zaif,
Lanjlik bolur, haddan nari tafti oshib.
Kurak suyak vazmin erur, kop esnogi,
Aksariyat ogirlashur qol-oyogi...
Qonning turli xususiyatlarini organgan olimlar uning hayotbaxsh xossasini ham kashf etishdi, ya'ni, turli sabablarga kora kamqonlikka duchor bolgan kishiga qon quyish bemor hayotini tiklashga, uning sogayishiga zamin yaratadi. Birinchi bor 1667 yili Frantsiyada bemor venasiga qon quyish otkazilgan. 1819 yilda ingliz shifokori Blandel odamdan odamga qon quygan. Rossiyada esa 1832 yili akusher G.Folf tomonidan tugruq paytida kop qon yoqotgan ayolga uning eridan olingan qon quyilgan.
Hozirgi paytda deyarli barcha yirik jarrohlik operatsiyalari qon yoki qon ornini bosadigan suyuqliklar quyilmasdan bajarilmaydi. Quyilgan qon bemor jarohat olganda, yaralanganda, operativ muolaja olgan paytida yoqotgan qonning ornini qoplaydi, qon va uning ornini bosadigan suyuqliklar organizmni oziqlantiradi, bemorning infektsiyalarga qarshi kurashishini yengillashtiradi, quvvatini oshiradi, qon bosimi, moddalar almashinuvi, nafas olish funktsiyasini normallashtiradi.
Bemorga hayot baxsh etuvchi bu ne'matning qirralari haqida uzoq gapirish mumkin. Tanada oz vazifasini bekamu kost ado etadigan suyuqlik inson salomatligini asrashda muhim ahamiyatga ega. Qoni toza, tanasi soglom, qalbi insoniy xislatga toliq kishilar operatsiya stoliga yotqizilgan yoxud avtomobil halokatiga uchragan, umuman, qonga ehtiyoj sezgan mushkul ahvoldagi yaqiniga yoki yetti yot begonaga ham donorlik qilishadi. Ularga shifoxona tomonidan tegishli miqdorda pul tolanadi. Mo'jizakor xislatga ega sharbat - qon har bir insonga umri davomida risoladagidek xizmat qilsin.

Manba:BMTning "Barqaror kelajak uchun ta`lim dasturi"tomonidan olindi:

Используются технологии uCoz